Olti oygacha bo‘lgan bolalarda so‘lakning ko‘p ajralishi ham tabiiy holat. Lekin bu davrdan o‘tgan bolalarda ko‘p so‘lak ajralishiga quyidagilar sabab bo‘lishi mumkin.
1. Tish chiqishi
Tish chiqishi qiyin va og‘riqli kechishi. Bolada tish chiqishini osonlashtirish uchun unga maxsus silikon o‘yinchoq bering.
2. So‘lakni yuta olmaslik
Bunday patologiya 1-2 yoshdagi, allergiyaga moyil bo‘lgan bolalarda kuzatiladi. Kichkintoyni darov LOR shifokoriga ko‘rsating, shuningdek logoped va allergolog maslahatlarini olish ham tavsiya etiladi. Bu muammoga iloji boricha tezroq yechim toping, aks holda bolada nutq bilan bog‘liq muammolar paydo bo‘ladi.
3. Og‘iz bo‘shlig‘idagi kasalliklar
Eng ko‘p tarqalganlari stomatit va gingivitdir. ²ar qanday og‘iz bo‘shlig‘i kasalliklarida bolani pediatr va stomatolog ko‘rigiga olib boring.
4. Zaharlanish
Bolakay kimyoviy ta’sirga ega moddalarni yutib yuborganida unda xaddan ziyod ko‘p so‘lak ajralishi kuzatiladi. Bunday paytda tez yordamni chaqirishga shoshiling.
5. Oshqozon-ichak kasalliklarida
Oshqozon yarasi, pankreatit, gijjalar, ovqatdan zaharlanish va infeksion kasalliklari. Bolangiz me’yordan ortiq so‘lak ajrata boshlasa, uni pediatr ko‘rigiga olib borib, tahlilga qon topshiring va qorinchasini nima bezovta qilayotganini aniqlang.
6. Asab xastaliklari
Agar yuqoridagilarning hech biri bolada kuzatilmasa, ammo so‘lak ajralishi me’yordan ortiq bo‘lsa, farzandingizda asab o‘zgarishlari mavjud bo‘lishi mumkin. Bolakayni nevropatolog ko‘rigiga olib boring.
Manba: «Sug'diyona» gazetasi