Ko‘paytirish jadvali — matematikaning asosiy tushunchasi bilan boshlang‘ich sinflarda o‘rganib, umrimiz davomida undan foydalanib kelamiz. Lekin farzandlarimiz yodlashga unchalik ishtiyoqmand bo‘lishavermaydi. Shuning uchun ko‘paytirish jadvalini bolalar bilan birgalikda qiziqarli tarzda o‘rganishni oson yo‘llari bilan tanishtiramiz.
Pifagor jadvali
Jadvalni yodlab olishdan avval uning mohiyatini tushunish kerak. Buning uchun ko‘paytirish amalini qo‘shish amaliga almashtirish lozim: bir xil sonlar nechiga ko‘paytirilayotgan bo‘lsa, shuncha marta qo‘shib chiqiladi. Masalan, 6*8 — 8 ni 6 marotaba qo‘shish degani.
Bir xil natijalarni belgilab chiqamiz
Pifagor jadvali ko‘paytirish amallarini bajarishda eng qulay vosita hisoblanadi. Bundan tashqari ayrim qonuniylikni ham namoyish etadi. Masalan, ko‘paytiruvchilarning o‘rni almashganligi bilan natija bir xil qolaveradi: 4*6 = 6*4. Bunday o‘xshash javoblarni ma’lum bir ranglar bilan belgilab chiqing, belgilash yodda saqlab qolishga va adashib ketmaslikka yordam beradi.
Pifagor jadvalini avval oson va tushunarli qismlarini o‘rganib chiqishdan boshlash kerak: 1,2,5 va 10 ga ko‘paytirish. Son 1ga ko‘paytirilsa, son o‘zgarishsiz qoladi, agar 2ga ko‘paytirilsa, son 2 baravar natija beradi. 5ga ko‘paytirilganda ko‘paytmaning oxiri 0 yoki 5 bilan tugaydi. 10ga ko‘paytirilganda esa javobida ko‘paytirilgan sonning yonida 0 bilan ikki xonali ko‘rinishidagi son hosil bo‘ladi.
O‘rganilganlarni mustahkamlash uchun jadval uchun farzandingizga bo‘sh Pifagor jadvalini chizib, uni to‘ldirishni taklif qiling.
Ko‘paytirish jadvalni o‘rganish jarayonida har bir bola o‘rganishi uchun alohida yondashuv kerak, barcha uchun bir xil o‘rganadigan yo‘li yo‘q. Asosiysi, farzandingizga jadvalni o‘rganishni oson va qulay yo‘lini topib qo‘llab turing.