Tarbiya

Bolaga nima yoqmaydi?

Amerikalik mashhur Sirs pediatrining ta’kidlashicha, bolaga nisbatan ba’zi harakatlar namoyon qilinmasa, tarbiya ancha osonlashar ekan. Bu harakatlar quyidagilardan iborat:

1. Bola bilan uning ko‘zlariga qaramay gaplashish;

2. Bolaga xo‘mrayib qarash; 3. Bola bilan gaplashayotganda hayolingiz boshqa joyda bo‘lishi; 4. Bolani uzoq vaqt yolg‘iz qoldirish; 5. Emizish davrida bolaning xohishi bo‘yicha emas, balki soatga qarab emizish; 6. Bog‘cha yoshigacha bo‘lgan bolani uxlash vaqti kelganda yolg‘iz o‘zini xonasiga kiritib yuborish; 7. Bolaga uyni o‘yinchoqlari bilan to‘zitishga aslo ruxsat bermaslik; 8. Bolani erkalamaslik; 9. Bola bilan jismoniy kontaktda bo‘lmaslik (quchoqlash, o‘pish, erkalash); 10. Bolaning ko‘ziga qarashni yoqtirmaslik.