Bilasizmi?

Bolalar, homilador ayollar va yana 6 toifadagi kishilar ham imtiyozli tibbiy yordam olish huquqiga ega bo‘ldilar

Davlat byudjetidan imtiyozli tibbiy yordam oladigan fuqarolar ro‘yxati 16 pozitsiyagacha kengaytirildi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidentining 30 oktyabrdagi "O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ba’zi hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi farmonida aytilgan, deb yozadi Kun.uz.

Barcha respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiy markazlari (RIIATM) ro‘yxatda tilga olingan barcha fuqarolarga  tibbiy yordam ko‘rsatadilar.

Ro‘yxatga ushbu toifadagai odamlar kiritilgan:

- 18 yoshgacha bolalar; - homilador ayollar (ularga akusher va ginekologiya RIIATMda xizmat ko‘rsatiladi); – endokrin kasalliklaridan aziyat chekuvchlar (endokrinologiya  RIIATM); - onkologik kasalliklarga chalinganlar (onkologiya va tibbiy radiologiya RIIATM); - silga chalinganlar (ftiziatriya va pulmonologiya RIIATM); - jinsiy yo‘l bilan yuquvchi kasalliklardan jabr ko‘rganlar (dermatovenerologiya va kosmetologiya RIIATM).

Bu toifaga kiruvchi barcha fuqarolar davlat hisobidan tibbiy yordam oladilar.

Ro‘yxatga shuningdek harbiy chaqiriq komissiyalarining yo‘llanmasini olgan harbiy xizmatga chaqiriq yoshidagilar ham kiritilgan.

Shuningdek, fuqarolalar o‘zini-o‘zi boshqarish idoralarida moddiy yordam oluvchi va kam ta’minlangan oilalar a’zolari sifatida hisobda turuvchilarga ham bepul tibbiy yordam ko‘rsatiladi.

Bungacha ushbu ro‘yxatga bolaligidan nogiron bo‘lganlar, ona-onasidan ayrilgan yetimlar, I va II guruh nogironlari, yoshi bo‘yicha ishlamaydigan pensionerlar, 1941-1945 yillardagi urush vaqtida mehnat fronti ishtirokchilari, Chernobil AESdagi avariyani bartaraf etishda ishtirok etgan nogironlar, baynalmilal harbiylar kirgan.