Bilasizmi?

Bolalar ortopedik poyabzali haqida 4 uydirma

Bolalar uchun ortopedik poyabzallar borligini hammamiz bilamiz. Ko‘pchilik ota-onalar uni hatto shifokorning tavsiyasisiz ham sotib oladi.

Aslida ortopedik poyabzalni qanday bolalar kiyishlari kerak va uni to‘g‘ri kelgan joylardan sotib olish mumkinmi?

Asosiy uydirmalarni fosh qilamiz.

1-uydirma: Agar bolaning oyog‘ida hech qanday muammosi yo‘q bo‘lsa, unda nima uchun ortopedik poyabzal kiyish kerak?

Shifokorlar deyarli hamma bolalarga ortopedik yoki profilaktik poyabzal kerak deb hisoblaydilar. Statistikaga ko‘ra, 70 foizga yaqin bolalarda oyoq kaftlarining o‘sishida muammolar mavjud. Ko‘pchilik kasalliklarni, shu jumladan qomatning buzilishi va oyoqdagi nuqsonlarni juda yoshligidan maxsus poyabzallar kiydirish yordamida  bartaraf qilish mumkin.

2-uydirma: Agar deyarli yangidek bo‘lsa, bolaga nima uchun boshqa bolaning ortopedik poyabzalini kiydirish mumkin emas?

Hech qachon bunday qilmang! Poyabzal har doim uni kiygan bola oyog‘ining shaklini qabul qiladi. Har bir bolaning oyoq kaftlari esa o‘ziga xos. Begona oyoqlar kiygan ortopedik poyabzal nafaqat farzandingizning oyoqlarini to‘g‘ri shakllantira olmaydi, balki hatto unga zarar yetkazishi ham mumkin.

3-uydirma: Bolalar ortopedik poyabzallarining ko‘rinishi juda xunuk va og‘ir.

Bu esa noto‘g‘ri! Bugungi kunda ishlab chiqaruvchilar juda chiroyli va qulay ortopedik poyabzallar yaratishga harakat qilishmoqda. Didingizga va hamyoningizga yarasha. Ortopedik poyabzalni kiyish qiynoqqa aylangan davrlar allaqachon o‘tib ketdi.

4-uydirma: Ortopedik poyabzalning o‘rniga faqat ortopedik patakni sotib olish bilan cheklanish mumkinmi?

Ortopedik poyabzal albatta, arzon emas, shuning uchun faqat ortopedik patak sotib olish fikri kishini qiziqtiradigan g‘oya. Agar farzandingizning oyoqlarida unchalik muammolari yo‘q bo‘lsa, unda shifokor uning faqat bir o‘zini kiyishni bemalol tavsiya qila olishi mumkin.

Lekin ortopedik poyabzal patak bilan birgalikda qo‘llanilsagina yuqori darajada profilaktik va shifobaxsh samara bera oladi.

Manba: Daryo.uz