Kutubxona

Bolalar va kattalarga birdek yoqib tushadigan multfilmlar

“RBK Stil” hatto kattalarga ham yoqib tushishi aniq bo‘lgan animatsion kartinalar ro‘yxatini tuzdi. Undan dunyo bo‘yicha katta ekranlarga chiqib ulgurgan so‘nggi yillarning multfilmlari o‘rin oldi.

“Hayvonlar shahri” («Zveropolis», Zootopia)

zootopiaposter1

Zutopiya — hayvonlar yashaydigan shahar hayoti ko‘p jihatdan kattalar dunyosini eslatadi. Turli jonivorlarning yashash muhitini eslatuvchi shahar tumanlari elita (Saxara-Siti) va noxush (Tundrataun)ga bo‘linadi. Bosh qahramonlar — politsiyachi quyon Judi va muttaham tulki Nik. Birgalikda ular shahar aholisi taqdirini hal qiluvchi ishni tekshiradi.

“Boshqotirma” («Golovolomka», Inside Out)

inside-out

Bu yil “Eng yaxshi animatsion to‘liq metrajli film” nominatsiyasida “Oskar” mukofotini yutib olgan “Boshqotirma” multfilmida insonning ichki dunyosi katta fantaziya orqali, shu bilan birga, juda tushunarli ravishda ko‘rsatib berilgan. Aniqrog‘i, 11 yoshli o‘quvchi qiz Raylini beshta tayanch hissiyot: Quvonch, Qayg‘u, Jahl, Qo‘rquv va Jirkanuvchanlik boshqaradi. Rayli ota-onasi bilan boshqa shtatga ko‘chib o‘tganida, qizchada keskin o‘zgarish sodir bo‘ladi. Uning hissiyotlari, ayniqsa, Quvonch va Qayg‘u Rayli tushkunlikka tushib, ahmoqliklarni amalga oshirmasligi uchun birgalikda harakat qilishga majbur bo‘ladi. Multfilmdan kelib chiqadigan asosiy ma’nolardan biri — har doim ham quvonchli holatda yurib bo‘lmasligi, ba’zan yig‘lab olish ham muhim ekanligidir.

“Koralina dahshatlar mamlakatida” («Koralina v strane koshmarov», Coraline)

commish__coraline_wallpaper_by_bonez621

Rejissyor Genri Selikning ushbu multfilmi o‘z me’yorida qo‘rqinchli va juda maroqli chiqdi. Bosh qahramon — Koralina ismli qiz doimiy ravishda uni tarbiyalaydigan ota-onasidan charchab, alternativ dunyoga tushib qoladi. U yerda ham uning otasi va onasi bor, to‘g‘ri, ularning ko‘zlari tugmadan yasalgan, ammo ular hadeb qizni koyiyvermaydi. Biroq vaqt o‘tishi bilan Koralina bu dunyoda nimadir ko‘ngildagidek emasligini anglaydi. 2010-yilda multfilm “Oskar” va “Oltin globus” mukofotlari uchun nomzod qilib ko‘rsatilgan.

“Ratatuy” («Ratatuy», Ratatouille)

affiche-ratatouille-06

“Ratatuy”ni sevmasdan iloj yo‘q: u bir vaqtning o‘zida kulgili, aqlli va ta’sirli. Bosh qahramon, Remi laqabli kalamush mukammal hid bilish qobiliyatiga ega. U fransuz restoraniga borib qoladi va Lingvini ismli qovushmagan oshpaz yigitcha bilan do‘stlashadi. Remi Lingviniga ishda muvaffaqiyat qozonishda yordam beradi. Ular birgalikda shahardagi eng qattiqqo‘l restoran tanqidchisiga yoqishi kerak bo‘lgan taomni tayyorlashi kerak. 2007 yilda kartina “Oskar” mukofotiga beshta yo‘nalish bo‘yicha nomzod qilib ko‘rsatilgan va uni eng yaxshi animatsion film sifatida qo‘lga kiritgan.

“VALL-I” («VALL-I», WALL-E)

Wall-E_Cubecolors

Bo‘shab qolgan Yerdagi chiqindilarni tozalaydigan VALL-I va koinotdan uchib kelgan Yeva nomli ikki robotning sevgisi haqidagi ta’sirli multfilm. Yeva sayyoraga endi odamlar yashaydigan kosmik stansiyadan uchib kelib, axlat bosgan Yer yashash uchun yana yaroqli holatga kelgan-kelmaganini tekshirish uchun uchib keladi. Sevgi qarshisida nafaqat barcha yoshdagi kishilar, balki robotlar ham bo‘yin egadi, ushbu tuyg‘u uchun har qanday jasoratni amalga oshirsa, hatto insoniyatni Yerga qaytarsa ham bo‘ladi. Multfilm eng yaxshi animatsion film sifatida “Oskar” mukofotini qo‘lga kiritgan.