Bilasizmi?

Bolaning immunitetini mustahkamlashning siz bilmagan 7 usuli

Agar farzandingizning vitaminlarga allergiyasi bo‘lsa, ular ta’sirida toshmalar toshib ketsa, suv quyish natijasida uzluksiz ravishda tumov bo‘lsa, dengizga borish esa qimmat va uzoq bo‘lsa, unda nima qilish kerak?

Immunitetni ko‘tarishning boshqa usullarini sinab ko‘ring: ular ham juda yaxshi natijalar berishi mumkin.

Massaj

Yaxshi massaj stress darajasini pasaytiradi va immunitetning shakllanishida muhim rol o‘ynaydigan «quvonch gormonlari» ishlab chiqilishiga yordam beradi. Mutaxassis chaqirish shart emas: bir nechta oson usullarini o‘rganib oling va kichkintoyni o‘zingizcha xursand qiling.

Sokin musiqa

Ohangli musiqalarni har kuni eshitish qondagi A immunoglobulin miqdorini oshiradi. Aynan u bizning kasalliklarga qarshilik ko‘rsatishimiz uchun javob beradi! Har kuni kechqurun bola bilan «musiqali tanaffus» tashkil qiling – aynan klassik musiqalar bo‘lishi shart emas, asosiysi musiqa sokin bo‘lsin.

Himolay tuzi

Uning tarkibida immun tizimi uchun zarur bo‘lgan minerallar mavjud. Tuzni ovqatga qo‘shing, vanna va ingalyasiyalar qiling.

Achitilgan sut mahsulotlari

Immunitetimizning 70% i ichaklarda «yashaydi» – millionlab mayda bakteriyalar uning uchun javob beradi. Va ular hammasidan ham tabiiy, yangi achitilgan sut mahsulotlarini yaxshi ko‘rishadi. Bola o‘ziga yoqqanini yesin – yogurt, tvorog, quyuq qatiq.

O‘simliklardan tayyorlangan choy

Bola bilan birgalikda haqiqiy salomatlik damlamasini tayyorlang. Uning tarkibida zanjabil, limon, qalampirmunchoq va kashnich donlari – eng kuchli immun kuchaytiruvchilar bo‘lsin. Ichimlikka asal qo‘shing va kun davomida oz-ozdan ichiring.

Raqslar

Har qanday musiqa ostida raqsga tushish butun organizmni davolaydi va asab tizimini kasalliklarga qarshi kurashishga «o‘rgatadi». Bundan tashqari, bu bolaning ham, o‘zingizning ham kayfiyatingizni ko‘tarishning ajoyib usulidir.

Yalang oyoqda yurish

Agar bola iliq pol ustida yalang oyoqda yursa ham immuniteti mustahkamlanadi: bunga oyoq kaftidagi biologik nuqtalarni kuchaytirish yordam beradi.

Manba: Daryo.uz