Tarbiya

Bolaning ongini oshirishning 5 ta eng oddiy usuli

Yaxshi kitoblar, ongni oshiruvchi qimmatbaho o‘yinchoqlar sotib olish, bolani ommabop mashg‘ulotlarga olib borish — haqiqatan ham bularning hammasi kerakmi?

Tarbiyalashning moliyaviy xarajatlarni talab qilmaydigan universal usullari ham bor.

Rivojlantiruvchi muhit

Bu yerda gap fantaziyani, tasavvur qilishni rivojlantiradigan narsalar haqida borayapti. Yorma va tarelkalar, qog‘oz, qalamlar, qum, suv – atrofda nima bilan o‘ynash, tajriba o‘tkazish mumkin bo‘lsa, ularning hammasi bo‘lgani ma’qul. Asosiy qoida – xavfsizlik, tartibga keltirish masalasini esa o‘yinlardan keyin bemalol hal qilsa bo‘ladi.

Taktil aloqa

Qo‘lga ko‘proq olinadigan, ko‘p quchoqlab o‘piladigan go‘daklar tezroq o‘sadi va hatto o‘zini yaxshiroq his qiladi. Lekin kattaroq bolalarga ham taktil aloqa juda zarur. Qarshingizda besh yoshli bolami yoki qirqinchi razmer oyoq kiyimi kiyadigan o‘smir bo‘ladimi, bu muhim emas – farzandingizni quchoqlashni, uxlashdan oldin o‘pishni va boshini silashni unutmang. Bularning hammasi himoyalanganlik va ota-ona muhabbatini his qilishga yordam beradi.

Maqtov

Ota-onalarning fikri – bu bolaning tashqi dunyodan oladigan birinchi reaksiya hisoblanadi. U keyinchalik aynan shundan kelib chiqqan holda o‘ziga va o‘z qobiliyatlariga baho beradi. Lekin maqtovning to‘g‘ri bo‘lishi juda muhim. Demak – faqat haqiqiy fazilatlarni yoki yutuqlarni baholash kerak.

Oqilona tanqid

Bunday tanqidning vazifasi – aynan nimani va qanday tuzatish mumkinligini ko‘rsatish. Tanqidning eng muvaffaqiyatsiz ko‘rinishi – keskin va ranjitadigan, shuningdek boshqa bolalar bilan taqqoslash hisoblanadi.

Qabul qilish

Bu juda muhim payt. Bolalarga muhabbat hammasidan ham ular bunga loyiq bo‘lmagan paytlarda juda zarur bo‘ladi. Bola qanday xatoga yo‘l qo‘ymasin, unga siz yonida ekanligingizni namoyish qiling. Qilmishlarini ayblash bilan uni o‘zingizdan itarmang. Shunda, farzandingiz o‘z muammolari bilan tanishlariga emas, balki sizning oldingizga keladigan bo‘ladi.

Manba: Daryo.uz