1. Bola o‘ynayotgan hona doimo yorug‘ bo‘lsin. Agar bola kech tushganda boshqotirmalar yechsa, rasmlar tomosha qilsa, albatta, stol ustiga tungi yoritgichlarni yoqib qo‘ying. Lampochkadan taralayotgan nur to‘g‘ridan -to‘g‘ri bola ko‘ziga tushmasin.
2. Yodda tuting: kompyuter va televizor bola ko‘zi uchun jiddiy havf tug‘diradi. 4-5 yoshli bolalar televizor qarshisida bir kunda 20 daqiqa o‘tirib multfilm ko‘rsalar kifoya.
3. Bolani o‘qitishga o‘rgatayotganda, kitobni burnining tagida ushlamaslikka ahamiyat bering. Kitob va ko‘z orasidagi optimal masofa 30 santimetr.
4. Balki norasmiy sharoitda, gilamchaga yoki divan ustida cho‘zilib, harflarni eslab qolish va ulardan bo‘g‘inlar tuzish osonroqdir, ammo ko‘zlar bunday sharoitda juda toliqadi, ko‘z to‘qimalari zaifalashib, g‘ilaylik paydo bo‘lishi mumkin.
5. Bolangiz bilan ko‘proq toza havoda sayr qiling, harakatga tushiruvchi o‘yinlar o‘ynang. Bu nafaqat bolaning umumiy rivojlanishiga, balki ko‘zlariga ham foydali.
Manba: Darakchi.uz