Bilasizmi?

Farzandingizga o‘ylab gapiring!

1. Zarar keltiradi

Chunki men shunday dedim!

Foyda keltiradi

Bilayapman, yana o‘ynaging kelyapti. Lekin buvingnikiga borishimiz kerak.

2. Zarar keltiradi

Yig‘lama!

Foyda keltiradi

Qanchalik og‘irligini bilaman, o‘rningda men ham xafa bo‘lardim.

3. Zarar keltiradi

Ovqatingni yeb qo‘ymasang, kichkina va nimjon bo‘lib qolasan.

Foyda keltiradi

Ovqatingni yeb qo‘ysang, xuddi dadangdek aqlli va kuchli bo‘lasan.

4. Zarar keltiradi

Noto‘g‘ri qilayapsan, ber bu yoqqa!

Foyda keltiradi

Kel senga buning oson yo‘lini o‘rgataman.

5. Zarar keltiradi

Xavotir olayotganingni ko‘rib turibman.

Foyda keltiradi

Kel bu haqda gaplashib olamiz.

6. Zarar keltiradi

Bo‘laqolsangchi, yana qancha kutish mumkin!

Foyda keltiradi

Kel, kim birinchi bajarishga o‘ynaymiz?

7. Zarar keltiradi

Ma, ol, faqat tinchlan!

Foyda keltiradi

Hammasini tushunaman, ammo bunga ruxsat bermasligimni bilasan-ku.

8. Zarar keltiradi

Idishingni yuvib qo‘ysang, shokolad beraman.

Foyda keltiradi

Esingdami, yaqinda idishlarni yuvib qo‘yganding? O‘shanda juda yordam berganding-da.

9. Zarar keltiradi

Men qayerdan bilay?

Foyda keltiradi

Hozircha bilmayman, lekin o‘rganib senga aytaman.

10. Zarar keltiradi

Televizorni o‘chir!

Foyda keltiradi

Kel, birga o‘ynaymiz

11. Zarar keltiradi

Qara, nima qilib qo‘yding!

Foyda keltiradi

Bilaman, bunday qilmoqchi emasding. Keyingi safar ehtiyot bo‘l.

12. Zarar keltiradi

Sinfdoshing uyiga o‘z vaqtida keladi.

Foyda keltiradi

Iltimos, o‘z vaqtida kelishga harakat qil, bu judayam muhim.

Manba: «Sug'diyona» gazetasi