Happy Summer - bolalar yozgi oromgohi farzandingizga nafaqat maroqli dam olish, balki yozgi ta’tildan unumli foydalanib, ingliz tilini o‘rganish imkoniyatini ham beradi.
Oromgoh farzandingizning sog‘lig‘iga ham ijobiy ta’sir qiladi, chunki u yerda bolalar olti mahal sifatli ovqat bilan ta’minlanib, oromgoh sport infratuzilmasidan foydalanish imkoniyatiga ega. Shuningdek, bolalar psixologi va tajribali navbatchi shifokorning doimiy nazorati ostida bo‘ladi.
Mazkur oromgoh hududi to‘liq o‘rab olingan va kechayu kunduz tajribali qo‘riqchilar tomonidan qo‘riqlanadi. Undagi tarbiyachilar texnik xavfsizlik va gigiyenik talablarga javob berish bo‘yicha maxsus tayyorgarlikdan o‘tadi.
Oromgohdagi dam olish dasturi quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
- ingliz tilidan bilim darajasini oshirish uchun kuniga 2 soatlik akademik mashg‘ulotlar. Barcha mashg‘ulotlar tajribali o‘qituvchilar tomonidan olib boriladi;
-Kun davomida o‘qituvchilarning bevosita qo‘llab-quvvatlashi, shuningdek, interaktiv ta’lim berish elementlari: drama, rivojlantiruvchi o‘yinlar, viktorinalar, qo‘shiqlar va hokazo;
- Ko‘ngilochar dastur: teatr sahna ko‘rinishlari, musobaqalar, diskoteka, 3D kinematograf, har kungi ommaviy tadbirlar va boshqalar;
- Hayot yo‘lida ko‘p narsaga erishgan hamda o‘z tajribasi va muvaffaqiyati sirlari bilan bo‘lishishga tayyor bo‘lgan mashhur insonlar, teatr, kino, shou-biznes, sport ustalarining chiqishlari;
- Sport dasturi: futbol, valeybol, basketbol, stol tennisi, sport estafetalari, suzish va boshqa sport turlari bilan maxsus jihozlangan hududlarda shug‘ullanish;
- Olti mahallik taomnoma bola organizmining o‘sishi uchun yordam beruvchi turli-tuman taomlarni o‘z ichiga oladi;
- 1 500 000 so‘mlik tibbiy sug‘urta;
- Yuqori malakaga ega qo‘riqlov va tibbiy xodimlar.
Oromgohda 6 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan bolalar dam olishi mumkin.
Happy Summer oromgohida farzandingiz quyidagi mavsumlarda dam olishi mumkin:
4-mavsum 2016-yilning 7-iyulidan 18-iyuliga qadar, yo‘llanma narxi 1 320 000 so‘m;
5-mavsum 19-iyuldan 30-iyulga qadar, yo‘llanma narxi 1 320 000 so‘m;
6-mavsum 31-iyuldan 11-avgustga qadar, yo‘llanma narxi 1 320 000 so‘m;
7-mavsum 12-avgustdan 23-avgustga qadar, yo‘llanma narxi 990 000 so‘m.
Happy Summer oromgohi Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumani, Chorvoq suv ombori yaqinida joylashgan bo‘lib, dam olish maskani haqidagi qo‘shimcha ma’lumotlarni “Otpusk.uz” saytidan olishingiz mumkin.