— 13 yoshli o‘g‘limning tez-tez tomog‘i og‘rib turadi. Sovuq suv ichsa, bas, yo‘tala boshlaydi. Bu kasallikni kimyoviy dorilarsiz davolashning iloji bormi?”
Dildora Choriyeva, Surxondaryo viloyati
— Ibn Sino bobomiz shotut bargining shirasi bilan tomoq, og‘iz bo‘shlig‘i va tish kasalliklarini davolagan. Buning uchun shotut mevasi suvi bilan tomoq g‘arg‘ara qilinadi yoki og‘izga olib aylantiriladi.
Shirin bodom yog‘iga shakar qo‘shib istemol qilinsa, tomoqni yumshatib, ovozni ravon qiladi, quruq yo‘taldan xalos etadi.
Olxo‘ri bargi yoki ildizini suvda qaynatib, suvida g‘arg‘ara qilinsa, halqumdagi tilchaning shishi va tomoqdagi bodomchasimon bezlar shishini qaytaradi.
Tomoq balg‘amdan og‘riganda, og‘riq uncha bilinmay, og‘iz to‘lib suv keladi. Shunda anjirni qaynatib, har chanqaganda suvini ichish foyda beradi.
Bir choy qoshiqdagi ichimlik sodasini va shuncha tuzni bir piyola qaynoq suvda eritib, iliq holida tomoq chayilsa, og‘riqni daf qiladi.
Manba: Darakchi.uz