Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida “Bolalarni davlat maktabgacha ta’lim muassasalariga qabul qilish va navbatga qo‘yish bo‘yicha elektron dastur”ni joriy etiladi. 19 oktyabr kuni maktabgacha ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishda Shavkat Mirziyoyev bu to‘g‘risida topshiriq berdi.
Shuningdek, davlat maktabgacha ta’lim muassasalarining axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalari bilan ta’minlanganlik va internet tarmog‘iga ulanganlik holati tanqidiy o‘rganiladi.
Yig‘ilishda davlat maktabgacha ta’lim muassasalarini bosqichma-bosqich zamonaviy kompyuter texnikasi bilan ta’minlash va internet tarmog‘iga ulash bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqish bo‘yicha ham ko‘rsatma berildi.