Bilamizki, bolalarning miya to‘qimalaridagi nuqsonlarni bartaraf etish uchun vaqt talab etiladi. Shvetsiyalik tadqiqotchilar tibbiyot olimlari bilan birgalikda omma e’tiboriga taqdim etgan yangi kashfiyot bilan esa bunga tezroq erishish mumkin.
“Tobii” deb nomlangan mazkur qurilma bolalarni doimiy nazoratda tutib turadi va u haqida tez-tez ma’lumot berib boradi. Bola miyasidagi sezilarli har bir o‘zgarish to‘g‘risida ma’lumotlarni bazaga birdek yetkazib berib boradi. Kashfiyotchilar ushbu qurilmani omma e’tiboriga havola qilishdan oldin 1 yil davomida ota-onasining tavsiyasiga binoan miyasida nuqsoni bor deb topilgan Yanu ismli 7 yoshli bolada sinab ko‘rishdi. Yanuning onasi o‘g‘li haqida shunday deydi: “Yanu ko‘p hollarda o‘zi yolg‘iz qolar va zerikar edi. Bu qurilma unga ham shifokor, ham do‘st bo‘lib qoldi. Chunki “Tobii” uning turli savollariga tezkor va xuddi do‘stlardek tezkor javob qaytarar edi. Tez fursatda o‘g‘limda ro‘y bergan ijobiy o‘zgarishlarni ko‘rib, ko‘zlarimga ishonmadim. Hozirda o‘g‘lim ancha yaxshi”. Xuddi shu usul bilan bu ixtiro yordamida 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar miyasidagi nuqsondan qutulishlari mumkin.
“Tobii”ning narxi 13.000 yevro deb aytilmoqda. Lekin so‘nggi natijalarga ko‘ra, “Tobii” 97 foiz bemor bolalarda ijobiy o‘zgarishlarni aks ettirgan va yaqin kunlarda sotuvga chiqarilishi ta’kidlanmoqda.
Manba: Darakchi.uz