Bilasizmi?

Nega bolalar barmoq so‘radi?

Bola barmog‘ini og‘ziga solib, so‘ng lablarini yumib oladi-da, uni so‘rish asnosida iyak va yanoqlarini yengil harakatlantira boshlaydi. Bu holda u nafaqat qo‘lidagi, balki oyog‘idagi barmog‘ini ham, yoki qo‘lining bosh va ko‘rsatkich barmoqlari orasini ham so‘rishni odat qilib olishi mumkin. Barmoq so‘rish odati yosh go‘daklik davrida bolalarda ko‘p uchraydigan oddiy odatlardan biridir. Ammo, agar bu odat olti yoshdan keyin ham davom etsa, u holda uning sabablarini qidirib, undan qutulishning samarali usullarini qidirish lozim. Boladagi bu instiktga ko‘ra, bola undan tinchlanadi va orom oladi, shu bilan birga bola o‘zini osoyishta va tinch his etishi mumkin. Bolaning och qolishi yoki emizish vaqti qisqa bo‘lganidan to‘ymay qolishi yoki unga faqat ma’lum vaqtda ovqat berish- bularning bari bolaga barmog‘ini so‘rib yurishga majbur qiladi va bu unga odat bo‘lib qoladi. Bolaning hissiy va ruhiy ehtiyojlari qonmaganligi, jumladan, onasidan yetarlicha mehr-muhabbat olmaganligi xam bunga sabab bo‘lishi mumkin. Bu odat xavotirlanish, yolg‘izlik va o‘z xohish-irodalarini qondirish ehtiyojidan yuzaga kelgan holatga javoban reaksiya hisoblanadi. Oiladagi keskin vaziyat, ota-ona orasidagi tez-tez ro‘y beradigan janjallar ham bunga sabab bo‘ladi. Barmoqni so‘rish odatidan xoli bo‘lish yo‘llari: 1. Bolaning og‘iz bo‘shlig‘iga mos keladigan maxsus tipdagi so‘rgich berish, zotan bunday so‘rgich bola tishlarining qiyshiq o‘sishining oldini oladi. 2. Yetarli oziq-ovqat berish. 3. Bola o‘zini himoyalangan sezishi uchun unga mehr-muhabbat ko‘rsatish va o‘pish orqali unga iliq his-tuyg‘ular ifoda etish. 4. Bola barmog‘ini so‘rayotganda, asta-sekin va muloyimlik bilan barmog‘ini uning og‘zidan olib qo‘yish. Uni jazolash, uyaltirish o‘rniga, uning qo‘llarini o‘yinlar bilan band qilish. 5. Bolaning barmog‘iga yoqimsiz ta’mli narsa surish. 6. Bola bu odatni qilmaganda, uni mukofotlash va maqtash. 7. Bola o‘z ota-onasi e’tiborini jalb qilishga barmog‘ini ishlatsin, agar ota-ona yetarli e’tibor berishsa, bolani bu odatdan qaytarsa bo‘ladi.

Internet materiallari asosida tayyorlandi.

Manba: Muslimaat.uz