Tarbiya

Nega bolalikdagi ta’lim eng muhimi hisoblanadi?

Hozirgi kunda ko‘pchilik rivojlangan mamlakatlar kichik yoshdagi bolalarni rivojlantirish va o‘qitish juda muhim ekanligini tan oldilar va bunga ko‘plab moliyaviy mablag‘larini jalb qilmoqdalar. Aslida bola kichik yoshda qancha ko‘p bilim o‘zlashtirsa, kelajakda u har tomonlama rivojlanishi shunchalik oson bo‘lar ekan.

Iqtisodiyot bo‘yicha Nobel mukofoti sovrindori Hechmanning ta’kidlashicha, ta’limga investitsiya qilishda bolalikdagi davr eng muhimi hisoblanar ekan.

tumblr_o3slzuFhNI1ua1m9mo1_1280

Oxirgi tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, aynan bolalik davrida insonning miyasi keskin rivojlanar ekan.

Shuning uchun ota-onalar bolaning rivojlanishi uchun aynan uning yoshligidan sharoit yaratib berishlari lozim. Bolaga atrof-muhitni qiziqarli qilib berishlari kerak. Chizish, o‘qish, yasash, o‘ynash, qurish, yozish va boshqa bola uchun mo‘ljallangan faoliyatlarning barchasi bola uchun qiziqarli bo‘lishi ota-onaga bog‘liq. Bola kichikligidan qanchalik qiziquvchan bo‘lsa, savollari qanchalik ko‘p bo‘lsa, shunchalik oson rivojlanib o‘sadi.

Maqola yoqqan bo‘lsa, do‘stlaringiz bilan bo‘lishing!

Manba: Uzbaby.uz