Salomatlik

O‘smir yoshda bolaning suyagi tez sinadimi?

O‘smirlik payti bolaning suyagi biror-bir shikast, yiqilish sababli tez sinishi mumkin. Ayniqsa, oyoqning oyoq va qo‘lning naysimon suyaklari sinish xavfi baland bo‘ladi. Chunki bu suyaklar boshqalariga nisbatan tezroq o‘sa boshlagani sababli, noziklashadi. Undan tashqari, o‘mrov suyagi, qovurg‘a va umurtqa pog‘onasini ham turli shikastlardan ehtiyotlang. Eng xavflisi shundaki, bu kabi sinishlar aksar hollarda aniqlanmay qoladi. Bola biror-bir og‘riqdan shikoyat qiladi, ammo ota-onalar “urib olgansan”, deya bunga unchalik ahamiyat berishmaydi.

Maslahat: Bola biror joyini urib olsa va og‘riqdan shikoyat qilsa, albatta, shikastlangan joyni har ehtimolga qarshi rengent tekshiruvidan o‘tkazing.

Ko‘proq kalsiy bering: o‘sish yoshidagi bolalar taomnomasini baliq, pishloq, selderey, sutli shokolad, petrushka, turshak, yogurt, piyoz, qaymoq, ismaloq va tvorog mahsulotlari bilan boyiting.

Shifokor bilan qo‘shimcha ravishda bolaga kalsiy, fosfor, vitamin D vositalari berish borasida maslahatlashing.

Bolaning umurtqa pog‘onasi va oyoq kiftini kuzating! Bu yoshda bolalarda skolioz kasalligi rivojlanib ketish xavfi katta. Shuning uchun o‘quvchilarga ryukzak emas, goh o‘ng, goh chap yelkaga ilib olish mumkin bo‘lgan sumka tavsiya etiladi.

Myunxgauzen sindromi

O‘sayotgan bolalar ba’zi hollarda bug‘in, mushak, suyak, yurak, qorin, biqin og‘rig‘idan shikoyat qilishadi. Guyo qarshingizda yosh bola emas, keksa bir kishi turgandek. Avvaliga ota-ona bundan xavotirga tushadi, keyin esa unchalik e’tibor berishmaydi. Buning asl sababi, tanadagi nomutanosiblik bilan bog‘liq. Suyaklar cho‘ziladi, bo‘g‘in va mushaklar esa, tez o‘sayotgan suyak ortidan hali quvib yetmagani sabab og‘riydi. Bolaning bo‘yi o‘sgan-u, ammo yurak hali kichkina va u o‘sayotgan tanaga qon yetishtirib berishga qiynaladi. Ortiqcha og‘irlik natijasida yurak tez yoki sekin ura boshlaydi, ba’zi hollarda yurakda shovqin ham paydo bo‘ladi. Kerakli chorani uz vaktida qo‘llamasangiz, bu bola salomatligi uchun xavfli bo‘lishi mumkin. Bu davrda bola iloji boricha kamroq stress holatlariga tushishi kerak.

Og‘ir yuk ko‘tartirmang. Farzandingizning bo‘yi otasidan ham uzib ketishi, unga xuddi otasi kabi og‘ir yuk ko‘tarishi yoki jismoniy mehnat qilishi mumkin, degani emas.

Odatda “bola degani o‘tirmasa xam buladi, deb kattalarga joy bo‘shatishini talab qilishadi. O‘sayotgan bola ham jismonan charchaydi. Aynan shu sababli, o‘smir bolalar havo yetishmaganida yoki bir joyda turaverib, hushdan ketib qolishlari mumkin.

Sport mashg‘ulotlari bilan shug‘ullaning, bu ayniqsa, o‘sish davridagi bolalar uchun lozim.

Bolaning yurak urishini tekshirib turing! 5-6 yoshdagi bolaning yurak urish ritmi 1 daqiqada 90, 10 yosh bolaniki 80, 15 yosh – 70 bo‘lishi kerak. Yurak urishini bola xotirjam turgan paytda sanang. Faol harakat yoki hayajonlanishda yurak tezroq uradi.

Qiz bolalar 11-12 yoshda faol ravishda o‘rtacha 7-10 sm. ga o‘sadi. So‘ngra bu o‘sish jarayoni biroz sekinlashadi. 13-14 yoshda esa o‘g‘il bolalarning bo‘yi uzaya boshlaydi. O‘g‘il bola 10-15 sm.ga o‘sadi, ba’zilari esa, hatto 20-25 sm. ga qadar cho‘zilishi ham mumkin.

Manba: Darakchi.uz