29-30 dekabr kunlari O‘zbekiston Prezidentining 11 ming dona yangi yil sovg‘alari yetim bolalarga, imkoniyati cheklangan shaxslarga, kam ta’minlangan va ko‘p bolali oila farzandlariga topshiriladi.
Sovg‘alar 12 nomdagi o‘quv qurollari va 15 nomdagi shirinliklardan iborat. Ular “Prezident archasi” tadbirlarida Mehribonlik uylari, “SOS – bolalar mahallalari” hamda kam ta’minlangan oila farzandlariga topshiriladi, deb xabar qilmoqda O‘zA.
Joriy yilning 26 dekabr kuni, Toshkent, Sirdaryo, Jizzax viloyatlari va Toshkent shahriga jami 3734 dona Prezident sovg‘alari avtotransportlarda, 6265 dona Prezident sovg‘alari “O‘zbekiston havo yo‘llari” aviakompaniyasining samolyotlari orqali joriy yilning 25-27 dekabr kunlari jadval asosida Qoraqalpog‘iston Respublikasi va 9 ta viloyatga yetkazildi.
Eslatib o‘tamiz, 29-30 dekabr kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va barcha viloyatlarda “Prezident archasi” tadbirlari tashkil etiladi.