Zarur masalliqlar: 250 gr. olcha murabbosi, 150 gr. un, 2 osh qoshiqdan kakoa kukuni va shakar, 2 choy qoshiq yumshatgich, 1 dona tuxum, 150 ml. quyiltirilgan sut (sguщyonka), 50 gr. sariyog‘.
Glazur uchun: 150 gr. shokolad, 150 ml. qaymoq.
Tayyorlanishi: 1. Tuxum oqni ko‘pirtirib, yumshatilgan sariyog‘, sut qo‘shing. Un, kakoa kukuni, yumshatgich va shakarni aralashtirib, uni ham qo‘shing.
2. Murabbodagi olchani danagidan ajratib, xamirga qo‘shing. Xamirni kichkina silikon qolipchalarga solib, 200 darajada qizdirilgan gaz pechida yarim soat davomida pishiring.
3. Shokoladni bo‘laklab, bug‘da eriting. Qaymoqni qo‘pirtirib, eritilgan shokoladga qo‘shing.
4. Pishgan kesklarni rasmdagidek qog‘oz qolipchalarga solib, ustiga glazur surting va konservalangan olcha donalari bilan bezang.
Silikon qolipdan pishiriqni chiqarib olish uchun qolipning chekkalarini salgina bukish kifoya, shunda keksning o‘zi likopga sakrab chiqadi.
Manba: Darakchi.uz