Yangi yilning birinchi kunida O‘zbekistonda 1961 nafar bola dunyoga keldi. Bu haqda «Gazeta.uz»ga tayanib, Daryo.uz xabar berdi.
Ma’lumot uchun, 2016 yilda mamlakatda 726,2 ming bola, 2017 yilning dastlabki 9 oyi davomida esa 523,6 ming bola tug‘ilgan.