2018 yilning sentyabr oyidan boshlab Fransiya maktablarida uyali aloqa vositalaridan foydalanish taqiqlanadi. Bu to‘g‘rida «SKY News» nashri xabar tarqatmoqda.
Ushbu qaror Fransiya ta’lim vaziri Jeyn-Maykl Blankur tomonidan ilgari surilgan. Qarorda mazkur tashabbus quyidagicha izohlanadi: “Shu kunlarda o‘quvchi yoshlar o‘z smartfonlariga juda bog‘lanib qolmoqda. Hattoki, tanaffus vaqtlarida ham bu vositalar ularning qo‘llaridan tushmayapti. Bu esa ta’lim samaradorligiga o‘z ta’sirini o‘tkazmoqda.
Ya’ni, aqliy mehnatdan charchagan bola tanaffus vaqtida turli xil jismoniy harakatlar qilmaydi yoki do‘stlari bilan jonli muloqotda suhbatlashmaydi. Buning natijasida esa bolada maktab dasturi darsliklaridan tezda charchash hamda virtual muloqotga bog‘lanib qolish holati kuzatiladi”.
Eslatib o‘tamiz, Fransiyada uyali aloqani cheklash haqidagi qaror mavjud bo‘lib, unda faqat maktab binosining ichida va dars vaqtida ishlatish man qilingan edi. Ushbu yangi qarorga binoan endilikda fransuz o‘quvchilarining nafaqat maktab ichida, balki maktab hovlisi va uning atrofida ham uyali aloqa vositalaridan foydalanishi taqiqlanadi.