Salomatlik

Shifo maslahat: “o‘g‘limning burni ko‘p qonayapti..."

— Olti yoshli o‘g‘limning burni tez-tez qonab turadi. Bu qon suyulishi bilan bog‘liqmi?

N.Rahmonova, Quyi Chirchiq

Magina ARTIKOVA, shifokor-pediatr:

— Burun qonashi har doim ham qonning suyuqlashib ketishi bilan izohlanmaydi. Burun kasalliklari, tomirlar mo‘rtligi va ushbu sohadagi turli jarohatlarda ham burun qonashi kuzatiladi. Shu bilan birga, tumovda qo‘llaniladigan preparatlar ham burun qonashiga sabab bo‘lishi mumkin. Ushbu preparatlar burun qon tomirlarining qurishiga olib keladi. Farzandingizdagi o‘zgarishlarga to‘g‘ri tashxis qo‘yish uchun qon tahlili topshirib, qonning ivish holatini tekshirtiring. Pediator va otolaringolog ko‘rigi ham talab etiladi. Burun qonaganidazinhor boshni orqaga tashlab bo‘lmaydi. Qon oqishini to‘xtatish uchun burun sahasiga muzdek grelka qo‘yiladi.

Manba: Darakchi.uz