Salomatlik

Shifo maslahat: “qizalog‘imning tishlari qorayib qoldi..."

— Bir yoshdan oshgan qizalog‘imning sut tishlari xuddi kariyesdan zararlangandek qorayib qolgan. Hali kichik bo‘lsa, nega bunday bo‘ladi? Sababini tushuntirib bersangiz? Biror chora ko‘rish kerakmi?

Isroil, Toshkent viloyati

Sherzod XANNAROV , shifokor-stomatolog:

— Go‘daklar sut tishining qorayib qolishi asosan ona organizmining homiladorlik davri kalsiyga ehtiyoj sezganidan kelib chiqadi. Endigi vaziyatda qizalog‘ingizni pediatr ko‘rigidan o‘tkazib, zarur bo‘lsa, kalsiy preparatlarini berish lozim. Shu bilan birga, bolalar stomatologiga murojaat etsangiz, tishdagi qorayishni to‘xtatish uchun kumush kukunini surtish amalga oshiriladi.

Manba: Darakchi.uz