Bolalar taomi

Shokoladxo‘r bolajonlar uchun kakaoli keks

Mazasi bilan hammaga birday yoqadi. Masalliqlari: 3 dona tuxum; 1,5 stakan shakar; 1,5 stakan sut; 1 stakan o‘simlik yog‘i; 1 paket kakao (25 gramm); 1 paket xamir yumshatuvchi (razrixlitel'); 1 paket vanilin; 2 stakan un. Ustiga: Tayyorlagan xamir qorishimidan 1 stakan olib qo‘yamiz va yarim stakan sut qo‘shamiz.

Новый рисунок

Tuxumni ko‘pirtirib olgach, unga sut, kakao, o‘simlik yog‘ini solib yaxshilab aralashtiramiz. Aralashmadan 1 stakan olib qo‘ying. Keksimiz usti uchun sousni bu aralashmadan pishiramiz. Новый рисунок (1)

Qolgan aralashmaga vanilin, xamir yumshatuvchi, unni solib aralashtirishda davom eting. Новый рисунок (2)

Tagi yog‘langan idishimizga qaymoqsimon xamirimizni solamiz va 180-200 darajada isitilgan gaz pechiga pishirgani qo‘yamiz. 30-45 daqiqada keksimiz tayyor bo‘ladi.

Новый рисунок (3)

Keksimiz gaz pechida ekan, ustidagi sousni hozirlashimiz mumkin. Xamirimizdan olib qo‘ygan 1 stakan qorishmani idishga solib, past olovga qo‘yamiz va unga yarim stakan sut qo‘shamiz. Qaynab chiqquniga qadar aralashtirib turing, aks holda tagiga olishi mumkin. Qaynab chiqqach olovini o‘chiramiz. Sousimiz tayyor.

Новый рисунок (4)  Keyin keksni ustini bezatamiz.

Новый рисунок (5)

Kavsar Asxobova