Salomatlik

Tayyor tagliklar nasl kushandasimi?..

O‘tgan asrda hayotimizga qo‘l telefonu kompyuter va konditsionerlar qatorida G‘arbning yirik ishlab chiqarish kompaniyalarining o‘ziga xos “kashfiyoti” o‘laroq, bolalar tagliklari ham ham kirib keldi. Garchi ular ma’lum jihatdan biz uchun qulayliklar yaratgan bo‘lsa-da, bugungi kun olim va mutaxassislariga ularning inson salomatligi uchun zararli xususiyatlari ham ma’lum bo‘lmoqda. Bugun biz aynan bolalar tagliklari xususida o‘z mulohazalarimizni bildirib o‘tsak.

Beshik bolasi - bek bola

Natijada bir necha ming yillik tarixga ega bo‘lgan beshik, tuvak, sumaklar yosh onalar uchun begona bo‘lib qoldi. “Beshik” so‘zi dastlab Mahmud Qoshg‘ariyning “Devonu lug‘atit turk” asarida uchraydi. Dastlabki yozma yodgorliklardayoq beshikning tilga olinishi uning juda qadim tarixga ega ekanligini va Mahmud Qoshg‘ariydan ancha ilgari ham bu muhim moslamaning mavjud bo‘lganligini ko‘rsatadi.

“Beshik bolasi – bek bolasi” deb bejiz aytilmagan. Beshikning juda ko‘p afzalliklari bor. Beshikda yotgan bola tinch uxlaydi, chunki har soatda bolani uyg‘otib, tagini quruqlab, yo‘rgakni almashtirishning hojati yo‘q. Beshikda yotgan bola kam shamollaydi, chunki bola ustining ochilib qolish xavfi yo‘q. Qorin doim issiq turadi, ichak kasalliklari kam bo‘ladi...

Beshikda ulg‘aygan bola, barcha tartib qoidalargi rioya qilinganda, sog‘lom va xushqomat bo‘lib o‘sadi. Beshikdagi bolaning tagi doimo quruq bo‘ladi. Chunki tuvak va sumak hayotiy zarur xizmatlarni bekamu ko‘st bajarishadi.

Tayyor tagliklarning “karomati”

Sun’iy materiallardan ishlanayotgan turli markadagi maxsus tagliklar ham bugungi kunda tuvakning ham sumakning vazifasini bajaradi. Ichkari tomondan namlikni o‘ziga shimib oladigan mato chaqaloqning badaniga yopishib turadi. “Taglik”ning ichidagi namlikni shimadigan kimyoviy ashyo kalsiy gidrofosfat shuningdek “taglik”ka shimdirilgan xushbo‘y kimyoviy preparat ham bolaning badaniga shimiladi. Bunisi hali holva, eng katta zarar maxsus taglik kiydirilgan chaqaloq urug‘doni tanaga yopishib harorati ko‘tariladi va undagi erkaklik urug‘i qizib, yaroqsiz holatga kelishiehtimoli kuchli. Natijada bu turli kasalliklar kelib chiqishiga, ayniqsa bepushtlik, naslsizlikka zamin hozirlanadi.

Bu fikrimizni tan olmaydiganlarga biz shunday iddao keltiramiz: tabobatimizda ham, zamon tib ilmi adabiyotlarida ham urug‘dondagi harorat tana haroratidan doimo past bo‘lishi yozilgan. Inson tanasi harorati 37 oS daraja bo‘lsa, urug‘don harorati 34 oS darajadan oshmas ekan. Tana harorati 40 oS dan ko‘tarilganda ham urug‘don harorati doimo bir xil 34 oSda turadi.

Millat kelajagiga tahdid

Ana endi maxsus taglikning chaqaloq tanasiga yopishib, tanani va ayniqsa urug‘donni qizdirishi natijasida yillar davomida kelib chiqadigan og‘ir oqibatlar haqida o‘ylab ham ko‘rmaymiz.

Maxsus taglikni ilk bor ingliz xonimlari qo‘llashgan. Oradan juda ko‘p yillar o‘tgandan keyin, XX asrning ikkinchi yarmida Angliya va Fransiyaning mustamlaka mamlakatlarida “taglik”siz o‘sgan avlodning Yevropaga kirib kelganidan keyingina yevropaliklar maxsus taglikning naqadar zararli matoh ekanligini anglab yetishgan. Yevropa meditsinasi ana o‘shandagina tanadan alohida joylashgan – erkaklarning urug‘donini qizdirib bo‘lmasligiga o‘z e’tiborini qaratdi.

Buyuk bobokalonimiz – tabib Abu Ali Ibn Sinoning ming yil avval yozib qoldirgan “Erkaklik urug‘donini qizdirish naslsizlikka olib keladi” degan gaplariga amal qilgan xalqimizning beshikda o‘sgan bolalari uchun naslsizlik begona ekanligi haqida gapirmasa ham bo‘ladi.

Muhammadjon Hamroyev, O‘zbekiston xalq tabobati akademiyasi

Manba: Darakchi.uz