Siz farzandingiz bilan tuxum po‘chog‘idan bu kabi qiziqarli odamchalarni yasashga urinib ko‘rganmisiz? Agar hali ulgurmagan bo‘lsangiz, albatta buni amalga oshiring. Ularning sochlarini kaltalatish, turli turmaklar qilish, yuz ifodasini esa ob-havo yoki o‘z kayfiyatingizga qarab o‘zgartirishingiz mumkin.
Buning uchun sizga kerak bo‘ladi:
- tuxum po‘chog‘i;
- paxta;
- urug‘lar (istalgan o‘t yoki don urug‘i);
- suv;
- tuxumlar joylanadigan quti yoki tuxum qo‘ygich.
Tuxum po‘chog‘ini paxta bilan to‘ldiring, keyin paxtalarni suv yordamida ho‘l qilib, urug‘larni seping. Bu ukrop, loviya, o‘t, kashnich yoki boshqa urug‘lar bo‘lishi mumkin.
Paxtani suv bilan ho‘llab turishni unutmang, u doim nam holda bo‘lishi lozim.
Tuxum po‘chog‘i sirtiga ko‘zchalar, burun, og‘iz yopishtirish yoki chizish orqali ulardan ajoyib odamchalar yuzini hosil qilish mumkin.
Bunday mashg‘ulot farzandingizga bir olam quvonch va zavq bag‘ishlaydi!
Maqolani tayyorlashda "Ya Happy mama" sayti ma’lumotlaridan foydalanildi.