Tarbiya

Vetnamlik ota yuzlab go‘daklarni abortdan qutqarib qolmoqda

Vetnamlik Fuok Fuk butun dunyoga beg‘arazlik nima ekanligini ko‘rsatib berdi, deb yozadi “Picwords.ru”. Barchasi 2001-yilda — uning rafiqasi homilador bo‘lganida boshlandi.

Kasalxonada yo‘lagida o‘tirib, Tong homilador ayollar bitta xonaga kirib, u yerdan ko‘zlarida yosh bilan va bolasidan ajralgan holda chiqib ketayotganini sezdi.

915e65e2be24b42a52bc51038897f40a

Hodisaning ma’nosini u darhol anglamadi. Tong o‘z farzandini qanday qilib o‘ldirish mumkinligiga tushunmasdi. O‘ldirish va hatto uni insonlarcha dafn qilmaslik.

Vaziyat Tongning qalbiga juda kuchli ta’sir qildi. O‘z pullariga u Xon Tom tog‘i yonbag‘ridan yer sotib olib, hayotlari hali boshlanmasdan turib uzib olingan bolalarni dafn etishga qaror qildi. Kasalxonadan ruxsat olgach, Tong ilk ikki yil ichidayoq 10 mingdan ziyod go‘daklarni dafn qildi.

fe10825754fa22256addc1d67e88f11a

Ammo vetnamlikning asl maqsadi umuman boshqa edi. Tong homilador ayollar qabristonga tashrif buyurgach, o‘z farzandlaridan xalos bo‘lish istagidan voz kechishiga umid qildi.

Uning g‘oyasi amalga oshdi: biroz vaqtdan so‘ng moddiy qiyinchiliklar tufayli o‘z farzandining kelajagini ta’minlay olmaydigan ayollar endi Tongga yordam so‘rab murojaat qila boshladi.

0c995f261c5910ae6cb29a375c14640f

Erkakning javobi barchani qalbining tub-tubigacha hayratga soldi. Tong barcha ehtiyojmand bolalarni o‘z oilasi bag‘riga olishga rozi bo‘ldi. Qachonlardir g‘am va qayg‘u bilan to‘lgan qabristonda esa uy qurilib, u 100 dan ortiq bolaga qadrdon maskanga aylandi.

Birovlarning dardiga hamdard bo‘lib, Tong moliyaviy va oilaviy qiyinchiliklari ortda qolgan onalarga farzandlarini qaytarib berishga rozi bo‘ldi.

7706bd994fe301ab680bb0948dafb7e9

3bf7abc7e26b65f196762e6236122fc8-800x600

O‘zining 100 nafar asrandi o‘g‘il-qizlari ismlarini chalkashtirib yubormaslik uchun, Tong ularga yoqimli taxalluslar o‘ylab topdi. Masalan, “Vin” (“sharaf”) yoki “Tam” (“qalb”). Bolalarning barchasi ham o‘z onasining ham Tongning familiyasini olgan.

“Buni so‘nggi nafasimgacha davom ettiraman, — dedi ko‘p farzandli ota. — Umid qilamanki, men bu dunyoni tark etganimda, bolalarim ham odamlarga yordam beradi”.