Tarbiya

Yaponlarda bolalar tarbiyasi qanday?

Besh yoshgacha farzand — poshsho, o‘n besh yoshgacha — qul, o‘n besh yoshdan keyin — do‘st!

Yaponlardan juda ko‘p narsani o‘rganish mumkin. Ayniqsa, bu kunchiqar davlatning farzandlariga tarbiya berish usullari ko‘pchilikni hayratga solib kelgan. Ularning tarbiya berish usuli «ikudzi» deb nomlanib, bu faqat pedagogik ta’lim berish majmui bo‘libgina qolmay, yangi avlod ta’lim olishiga yo‘naltirilgan falsafadir!

Ona va bola birdamligi

Yaponiyada ona «amae» deb nomlanadi. Bu so‘zni to‘g‘ridan-to‘g‘ri tarjima qilib, uning chuqur ma’nosini yetkazib berish juda qiyin. Lekin bu so‘z «amaeru» so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, «erkalash», «homiylik qilmoq» ma’nolarini anglatadi.

Asrdan asrga yaponiyalik oilalarda bola tarbiyasi — ayol kishining mas’uliyati hisoblanib keladi. Albatta, XXI asr tarbiya berish taomillari nihoyatda farqlidir. Masalan, avvallari ayollar faqat xonadon ishlari bilan shug‘ullanishgan bo‘lsa, zamonaviy yapon ayollari ta’lim olishadi, ishlashadi va sayohat qilishadi.

Shunga qaramay, agar ayol ona bo‘lishga qaror qilsa, u o‘zini butunlay oilaga bag‘ishlashi kerak. Farzand 3 yoshga to‘lmaguniga qadar ona bolasini o‘zi o‘stirishi va ishga chiqmasligi lozim. Ayolning asosiy majburiyati — ona bo‘lishdir, zero, Yaponiyada o‘z majburiyatlarini birovning zimmasiga yuklab qo‘yish tartibi mavjud emas.

Bundan tashqari, kichkintoy bir yoshga to‘lmaguniga qadar ona va bola — bu bir butunni tashkil qiladi. Ona qayerga bormasin, nima ish qilmasin, chaqaloq doim ona bilan bo‘lishi zarur! Oxirgi paytlarda «Bebi-sling»lar, ya’ni bolalarni kenguru qopchasiga o‘xshash qopchalarda ko‘tarib yurish Yaponiyada juda ilgaritdan mavjud bo‘lib, uning hozirgi kundagisi mukammallashgan zamonaviy ko‘rinishidir.

«Amae» — o‘z farzandining soyasidir. Muntazam jismoniy va ruhiy munosabat — onaga bo‘lgan mustahkam obro‘-e’tibor negizidir. Yapon ayollari uchun o‘z bolasini hafa qilish va ranjitishdanda og‘irroq narsa yo‘q dunyoda.

Bola — poshsho

Ikudzi nuqtai-nazarlariga ko‘ra besh yoshgacha bola — farishtadir. U uchun ma’n qilingan narsaning o‘zi yo‘q, unga hech kim ovoz ko‘tarishmaydi va hech qachon jozalamaydilar. U uchun «mukin emas», «yomon», «zararli» degan so‘zlar mavjud emas. Bolakan o‘zining bilim orttirish dunyosida erkin hayot kechiradi.

Yevropalik hamda amerikalik ota-onalarning fikriga ko‘ra injiqliklariga erk berish orqali erkalash va nazoratning umuman yo‘qligidir. Aslida, Yaponiyada ota-onaning hukumronligi G‘arb mamlakatlariga nisbatan kuchliroqdir. Sababi, ularning tarbiyasi asosida keyingilar yotadi:

* shaxsiy misol;

* his-tuyg‘ularga munosabat bilidirish.

1994 yili Amerika va Yaponiya o‘rtasida bolalarga tarbiya hamda bilim berish bo‘yicha tafovut ilmiy-tekshirishi o‘tkazilgan. Olim Azuma Xiroshi ikki xil madaniyat vakillari ona-bolasidan piramida-konstruktorini yig‘ish shartini e’lon qildi. Natijada, tadqiqotchilar shuni guvohi bo‘lishdiki, yapon ona avval konstruktorni o‘zi yig‘ib, buni o‘z farzandiga ko‘rsatgan. Keyin bolasidan o‘zi — mustaqil ravishda yig‘ib ko‘rishini so‘ragan. Bolaning qo‘lidan kelmasa, ona yana bir marotaba yasab ko‘rsatib bergan.

Amerikaliklar esa boshqa yo‘l bilan yasagan. Ular konstruktorni yasashdan avval, uning yasalish algoritmini bolasiga tushuntirgan, so‘ngra ona-bola konstruktorni yasashni boshlashgan.

Pedgogik usullarning sezilarli farqini Azuma ota-onalikning «tushuntiruvchanlik» turi deya sharhladi. Ya’in, yaponiyalik ayollar o‘z farzandlariga muomala va ish-harakatlari orqali «tushuntirishadi». Shu bilan birga farzandlariga yoshligidanoq o‘z hissiyotlarga, yaqinlari va hatto buyuumlarga ham e’tiborli bo‘lishni o‘rgatishadi. Sho‘x kichkintoyni hech qachon issiq choynak oldidan haylashmaydi, bolakay kuyib qolsa, «amae» undan uzur so‘ragan holda ish-harakatlari unga og‘riq yetkazganini eslatib qo‘yadi.

Boshqa misol: erkalanib ketgan bolakay hamma o‘yinchoqlarini sindirib tashlaganda amerikalik yoki yevropalik onalar qanday yo‘l tutadilar? Taxmin qilish mumkinki, qo‘lidan o‘yinchoqni tortib olib, uni sotib olish uchun qancha mehnat qilganligi haqida «ma’ruza» o‘qib beradi… Yaponiyalik ayol esa hech qanday chora qo‘llamaydi. Shunchaki «Sen uning jonini og‘rityapsan» deydi.

Shunday qilib, rasmiy jihatdan yaponiyalik bolakaylarga 5 yoshgacha hamma narsa mumkin. Bu bilan birga bolada «Men» timsoli hamda «yaxshi» — tarbiyali va chin dildan sevuvchi ota-ona fikri shakllanadi.

Bola — qul

Besh yoshida bola «shavqatsiz haqiqat» bilan yuzlanadi, ular rioya qilishi shart bo‘lgan berahm qoida va cheklanishlar nimaligini ko‘radi.

Bola uchun bunday keskin o‘zgarish og‘irlik qilsa kerak, deb o‘ylashingiz ham mumkin, albatta. Gap shundaki, asrdan-asrga yaponiyalik jamiyat — jamoaga qarashlidir. Tabiat va ob-havo hamda iqtisod sharoitlari odamlar bir-biri bilan jambul-jam bo‘lib ishlashi va yashashiga majburlaydi. Faqat bir-birini qo‘llash va fidokorlik guruchning umumiy hosiliga ega bo‘lishni ta’minlaydi, ya’ni mo‘l-ko‘lchilikni olib keladi. Bu bilan biz syudan isiki, ya’ni jamoaviy ongni kuchli rivojlanganligini hamda iye tizimi, ya’ni patriarxal oilaviy tuzumni ko‘rishimiz mumkin.

Yaponlar uchun jamoaviy qiziqishlar barcha narsadan ustun. Odamzod esa og‘ir mexanizmning bir bo‘lakchasi bo‘lib, agar bir inson jamoada o‘z o‘rnini topa olmasa, demak u e’tibordan qolgan odam!

Aynan shu sabablarga ko‘ra bolalarga 5 yoshgacha ushbu guruh a’zosi bo‘lishni o‘rgatishadi. Ularga «Agar shunday yo‘l tutsang, ustingdan hamma kuladi» nutqi juda tanish. Zero, yaponlar uchun jamoadan chetlanishdanda qo‘rqinchli narsaning o‘zi yo‘q va bolalar ham shaxsiy egoistik qiziqishlarini qurbon qilishga tez o‘rganishadi.

Doim o‘zgaruvchi tarbiyachi yoki maxsus tayyorlovchi maktab o‘qituvchisi ham murabbiy yoki tarbiyasi rolini emas, yo‘naltiruvchi vazifasini bajarshadi. Uning pedagogik uslub xazinasida «Tarbiyasini kuzatuvchilarni vakil qilish»ni ko‘rish mumkin. Masalan, qo‘l ostidagi tarbiya beruvchisiga vazifa berish bilan birga tarbiyalanuvchilarni guruhlarga bo‘lib, o‘z guruhidagilar ishini kuzatish vazifasi yuklatiladi.

Yapon bolakaylarining sevimli mashg‘uloti — komandada bajariladigan sport o‘yinlari, estafeta va xor qo‘shiqlarini kuylashdir.

Guruh qoidalariga rioya qilish ham ona bog‘lanib qolishda yordam beradi. Axir, jamoa tartibini buzsa, «amae» juda qattiq ranjiydi, bu esa onasiga emas, shu bolaning o‘ziga isnod degani.

Shunday qilib, bolakayning keyingi 10 yil hayoti guruhning bir qismi bo‘lishga, jamoada kelishib ishlashga o‘rgatadi. Bunga ko‘ra unda guruhiy ongi hamda jamoaviy javobgarligi shakllanadi.

Bola — do‘st

15 yoshga kirib, bola to‘laqonli shakllib voyaga yetgan shaxs sanaladi. Endi asosida avvalgi ikki bosqich yotuvchi qarshilik ko‘rsatshi va tenghuquqlik bosqichi kirib keladi.

«Ikudzi — bizning tushunchamizga ko‘ra tarbiya berishning mantiqqa zid shaklidir. Biroq bu usul asrlar mobaynida tekshirilgan va Vataniga sodiq, qonunlarga rioya qiluvchi tarbiyali fuqaroni katta qilishda yordam beradi.»

Manba: Avitsenna.Uz