Bilasizmi?

1 yanvardan boshlab maktablar reytingi tuziladi

2019 yil 1 yanvardan boshlab Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan tumanlar va shaharlar kesimida tanlash asosida umumta’lim muassasalari faoliyati samaradorligi bo‘yicha reytingi tuziladi. Bu Prezidentning 5 sentyabrda imzolagan farmonida ko‘zda tutilgan.

Reyting yakunlari ommaviy axborot vositalarida va Davlat inspeksiyasining veb-saytida keyingi o‘quv yili boshlanishidan kechiktirmay joylashtiriladi.

Shuningdek, hujjat bilan muvaffaqiyatli faoliyat yuritayotgan maktablar negizida tarmoqli maktablarni tashkil etilishi belgilandi. Ushbu tarmoqqa yuklamasi past koeffitsiyentli maktablarni kiritish haqidagi qaror xalq ta’limi vaziri tomonidan qabul qilinadi.