Chaqaloq

Farzand jinsini oldindan rejalashtirish usullari

Farzand jinsini rejalashtirish mavzusi doim qiziqishlarga sabab bo‘lib kelgan. Bo‘lajak ota-onalarning ba’zilari oilasida o‘g‘il dunyoga kelishini istasa, boshqasi qiz tug‘ilishini intiqlik bilan kutadi. “Laylak”ka ma’lum bir buyurtmani berish imkoni bo‘lganida, bu shubhasiz, bo‘lajak ota-onalarni baxtiyor etgan bo‘lardi.

Farzandning jinsi nimaga bog‘liq?

Xo‘sh, farzandning jinsi nimaga bog‘liq? Bu erkak kishiga, aniqrog‘i, tuxumhujayrani aynan qanday spermatozoid urug‘lantirishiga bog‘liq. Ayol tuxumhujayrasida jins uchun javob beruvchi xromosoma doim bitta — X xromosoma bo‘ladi. Erkak spermatozoidi esa X yoki Y xromosomaga ega bo‘lishi mumkin. Agar tuxumhujayra X xromosomali spermatozoid bilan urug‘lantirilsa, qiz, Y xromosomali spermatozoid bilan urug‘lantirilsa, o‘g‘il dunyoga keladi.

Demak, bolaning jinsi yuz foiz homilador bo‘lish vaqtidagi vaziyat zayliga bog‘liq deyish mumkin. Zarur vaqtda kerakli xromosomaga “to‘g‘ri kelish” uchun nima qilish kerak?

Parhez usuli

Ba’zi fikrlarga ko‘ra, parhez bola jinsini rejalashtirishda asosiy omildir. Uzoq vaqt davomida rioya qilish orqali o‘g‘il yoki qiz farzand ko‘rish mumkin bo‘lgan parhez fransuzcha parhez deb nomlanadi. Ushbu uslubda belgilangan ratsiondan chiqilsa, natija bo‘lmasligi aytiladi.

Bo‘lg‘usi o‘g‘il uchun ko‘proq kaliy zarurligi tufayli ota-ona homiladorlikkacha pishloq, qo‘ziqorin, kartoshka, no‘xat, banan, apelsin, xurmo, olxo‘ri, choy va qahva iste’mol qilishi kerak. Qiz farzand esa kalsiy talab etadi, shuning uchun ota-ona tuxum, sut mahsulotlari, manniy bo‘tqasi, lavlagi, baqlajon, piyoz, olma, asal, yong‘oq yeyishi zarur.

Qon yangilanishi usuli

Mavjud yevropacha tibbiy nazariyaga ko‘ra, farzand jinsini qon yangilanishiga qarab belgilash mumkin. Bunda jinsiy hujayralarning urug‘lanishidan oldin kimning qoni yangi bo‘lsa,  o‘sha jinsdagi farzand paydo bo‘ladi.  Buni oldindan bilish uchun quyidagi oddiy hisoblashni bilish kifoya:  erkak kishining qoni har 4 yilda,  ayolning qoni esa har 3 yilda yangilanadi.  Chuning uchun otaning yoshini 4 ga,  ayolning yoshini esa 3 ga bo‘lish kerak.  Qon yangilanishini balog‘at yoshidan boshlab oladigan bo‘lsak,  ayol qoni 12,  15,  18,  21,  24,  27,  30… yoshida,  erkak qoni esa,  12,  16,  20,  24,  28,  32… yoshlarida yangilanadi.

Quyida keltirmoqchi bo‘lgan misolimizda ayol 26 yoshda (qoni ikki yil oldin yangilangan),  erkak esa 29 yoshda (qoni bir yil oldin yangilangan).  29: 4 = 7(1),  26: 3=8(2).  Hisoblashdagi qoldiqdan ham ko‘rinib turibdiki,  erkakning qoni bir yil oldin yangilangan (1).  Bu holatda o‘g‘il bola dunyoga kelishi ehtimoli yuqori.

Taqvim usuli

Shuningdek, bola jinsini rejalashtirishda yordam beradigan maxsus taqvimlar bo‘lib, ulardan biri Xitoy taqvimidir. Qadimiy xitoyliklar bolaning jinsi butunlay ayol kishiga bog‘liq, degan fikrda bo‘lgan. Xitoycha taqvim bo‘lajak onaning homiladorlik vaqtidagi yoshi hamda ushbu yoshda o‘g‘il yoki qiz tug‘ilishiga eng qulay bo‘lgan oyga asoslanadi.

table

Yapon taqvimida esa ota-ona tug‘ilgan oylarning o‘zaro nisbatini topib, o‘g‘il yoki qizga homilador bo‘lish oyini aniqlash mumkin. Buning uchun jadvaldan ayol va erkakning tug‘ilgan oylari kesishmasidagi sonni topish kerak, so‘ng grafikdan ushbu raqamga mos tushadigan ustunni aniqlash zarur.

5.9_zaplanirovat_pol_rebenka_yaponskaya_tablica_zachatiya

5.10_zaplanirovat_pol_rebenka_2_yaponskaya_tablica_zachatiyaMaqolani tayyorlashda Lady Venus nashri ma’lumotlaridan foydalanildi.