Bilasizmi?

Dunyodagi eng keksa ota-ona: Hindistonlik 80 yoshli erkak va 65 yoshli ayol farzandli bo‘lishdi

Hindistonlik ayol ikkinchi bor 65 yoshida farzandli bo‘ldi, deb xabar qildi Daily Mail nashri.

Shu tariqa, hindistonlik ayol bolani sun’iy urug‘lantirish emas, balki o‘zi dunyoga keltirgan eng keksa ayolga aylandi.

Tug‘ruqxona shifokorlarining ma’lumotlariga ko‘ra, ona va bola sog‘-salomat. Yaqinda ularga uylariga javob berishadi.

 “Hindistonda odatda ayollarda menopauza o‘rta hisobda 47 yoshda boshlanadi. Shundan keyin ularda farzand ko‘rish imkoniyati qolmaydi. Biroq bu kamdan-kam uchraydigan holat”, - dedi tug‘ruqxona shifokori Shabira Sidiki.

Nashr ma’lum qilishicha, tug‘ilgan chaqaloq otasining yoshi esa 80 da.

Sakkiz yil oldin ular oilasida birinchi farzand dunyoga kelgan.

Hozirgi vaqtda eng keksa ona hindistonlik ayol hisoblanadi, u 2016 yilda 72 yoshida farzandli bo‘lgan, biroq tug‘ruq sun’iy urug‘lantirish yordamida amalga oshirilgan.