Bilasizmi?

Yagona maktab formasi tasdiqlandi

15 avgust kuni Vazirlar Mahkamasining “Davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilarini zamonaviy yagona maktab formasi bilan ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Bu haqda Aziz Abduhakimov Feysbukdagi sahifasida xabar qildi.

Hujjatga muvofiq, umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilarini zamonaviy yagona maktab formasi 2018/2019 o‘quv yilidan boshlab ixtiyoriy, 2019/2020 o‘quv yilidan boshlab esa majburiyligi belgilandi.

Yagona maktab formalari 2 xil shaklda – 1-6 sinflar hamda 7-11 sinf o‘quvchilari uchun joriy etiladi.

Maktab formasi savdosini tashkil qilish maqsadida respublikaning har bir tuman (shahar) markazida aholiga qulay joylarda savdo shoxobchalari tashkil etiladi hamda ularning joylashish manzillari ommaviy axborot vositalari orqali e’lon qilinadi.

Tijorat banklariga aholining maktab formalarini xarid qilishi uchun Markaziy bankning qayta moliyalashtirish stavkasidan oshmaydigan foiz stavkasi bo‘yicha qisqa muddatli (olti oydan kam bo‘lmaydigan) iste’mol kreditlari ajratilishini tashkil etadi.