Allaqachon uchta kollej darajasiga ega bo‘lgan 12 yoshli sakramentolik talaba Kaliforniyaning ikkita universitetiga qabul qilindi. Endi u muhandislik biomeditsinani o‘rganish niyatida. 18 yoshga to‘lganda esa shifokor bo‘lish va tibbiyot olimi bo‘lishni reja qilgan, deb Kun.Uz yozmoqda.
Tanish Abraham UC Davis hamda UC Santa Cruz universitetlariga qabul qilindi. Biroq u hali qaysi oliy o‘quv yurtiga qatnashini hal qilmadi. Bu haqda Sakramento mahalliy telekanali xabar qildi.
“18 yoshimda doktorlik darajasiga erishsam kerak, deb o‘ylayman”, - dedi u.
Tanish kollejda ta’lim olishni 7 yoshida boshlagan. O‘tgan yili u Amerika River va Sakramento kollejlarida umumiy bilimlar, matematika, fizika, xorijiy tillar kurslarini tamomladi.
Kollejning biolog professori Marlin Martines avvaliga uning o‘ta yoshligi sababli darslarda ishtirok etishga ruxsat bermagan. Biroq keyin bolaning veterenar-doktori bo‘lgan onasi ham darsda qatnashishi sharti bilan ma’ruzalarga kiritgan. “Ba’zi paytlarda men onamga nisbiylik umumiy nazariyasi va nisbiylik maxsus nazariyasini tushuntirishimga to‘g‘ri kelardi”, - eslaydi Abraham.
Otasi - Biju Abrahamning aytishicha, 4 yasharligida Mensa IQ klubiga a’zo bo‘lgan o‘g‘li og‘ir ma’lumotlarni tez va oson qabul qilardi. Tanish Abraham o‘zini fan va mikroskoplar bilan birga videoo‘yinlarni ham xush ko‘ruvchi oddiy o‘smir deb hisoblaydi. “Shunchaki o‘qib-o‘rganish qiziq”, - deydi u.