Bilasizmi?

13 nafar bola Germaniyada davolanib qaytdi

«Sog‘lom avlod uchun» xalqaro xayriya fondi «Sog‘lom ona va bola yili» Davlat dasturiga muvofiq bolalarni O‘zbekiston va xorijiy klinikalar hamda tibbiyot markazlarida sog‘lomlashtirishga ko‘maklashish bo‘yicha tibbiyot dasturlarini amalga oshirmoqda. Jumladan, fond, Sog‘liqni saqlash vazirligi va Friendsdorf International xalqaro tashkiloti ko‘magida Germaniyaga yuborilgan 13 bola davolanib qaytdi, deb Daryo.Uz yozmoqda.

Fondning Friendsdorf International xalqaro tashkiloti bilan hamkorligi samarasida 2002–2016 yillarda 320 dan ziyod o‘zbekistonlik bolaga Germaniya klinikalarida zarur tibbiy yordam ko‘rsatildi. 2016 yilda «Tekis oyoqlar» loyihasi doirasida tug‘ma ortoped xastaliklari bilan kasallangan 15 yoshgacha bo‘lgan 128 bola operatsiya qilindi.