1. Kokosli pechene
Zarur masalliqlar:100 gr. un, 100 gr. shakar, 200 gr. kokos qirindisi, 2 ta tuxum, 1 choy qoshiq xamir yumshatgich.
Tayyorlanishi:
Shakarni tuxum bilan ozgina ko‘pirtirib olib, kokos qirindisini soling. So‘ng un va xamir yumshatgichni qo‘shib yana aralashtiring. Tayyor xamirni muzlatkichga yarim soatga qo‘yib oling. Qo‘llarni xo‘llab, pechenelar yasangda 180 darajada qizib turgan gaz pechiga 15 daqiqaga qo‘yib oling.
2. Olmali pechene
Zarur masalliqlar: 120 gr. shakar, bir chimdim vanilin, 4 ta tuxum, 200 gr. margarin, 500 gr. un, 1 choy qoshiq xamiryumshatgich, 3 ta olma.
Tayyorlanishi:
Tuxumni shakar va vanilin bilan aralashtirib, ustidan eritilgan margarinni soling. Alohida idishda elangan un va xamiryumshatgichni aralashtirib, asosiy masaliqqa qo‘shing-da, yaxshilab aralashtiring.
Olmani po‘stidan tozalab, mayda to‘rtburchak qilib to‘g‘rab xamirga qo‘shing. Pishiriq qog‘ozi to‘shalgan gaz pechi patnisiga olmani bir osh qoshiqdan solib chiqib, 200 darajada qizdirilgan gaz pechida 10-15 daqiqaga qo‘ying.
3. Shokoladli shirinlik
Zarur masalliqlar: 400 gr. shokolad (150 grammi alohida solinadi), 4 osh qoshiq sariyog‘, 2/3 piyola un, 1/2 choy qoshiq xamir yumshatgich, 2 ta tuxum, 3/4 piyola shakar, bir chimdim vanilin.
Tayyorlanishi:
Dastlab gaz pechini qizdirib qo‘ying-da, patnisga pergament qog‘ozidan to‘shang. Mikserda shakar tuxum va vanilinni 4 daqiqa davomida aralashtirib oling. 250 gr. shokoladni sariyog‘ bilan suv bug‘ida yoki mikroto‘lqinli pechda eritib oling. Erigan shokoladni tuxumli qorishmaga qo‘shib aralashtiring. So‘ng xamir yumshatgich bilan aralashtirilgan unni qo‘shing. Qolgan 150 gr. shokoladni ham solib aralashtiring. Orasini 5-7 sm. qoldirib masalliqni qoshiqda solib chiqing. 12-15 daqiqada tayyor bo‘ladi.
Manba: Darakchi.uz