Bilasizmi?

2016 yilda 7,7 ming 1 yoshgacha bo‘lgan go‘daklar o‘limi qayd etildi

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan yilning yanvar-dekabr oylarida 154,5 mingta o‘lim qayd etilgan bo‘lib, mos ravishda o‘lim koeffitsiyenti 4,8 promilleni tashkil etdi, deb yozadi Uz24.uz.

O‘lim koeffitsiyentining o‘sishi Navoiy (4,5 promilledan 4,7 promillegacha), Surxondaryo (4,1 promilledan 4,3 promillegacha), Sirdaryo (4,8 promilledan 5,0 promillegacha), Qashqadaryo (4,0 promilledan 4,1 promillegacha), Xorazm (4,5 promilledan 4,6 promillegacha) viloyatlarida va Qoraqalpog‘iston Respublikasida (4,6 promilledan 4,7 promillegacha) kuzatildi.

O‘lim koeffitsiyentining pasayishi Andijon (5,2 promilledan 5,1 promillegacha), Namangan (4,7 promilledan 4,6 promillegacha), Toshkent (5,9 promilledan 5,8 promillegacha), Farg‘ona (5,0 promilledan 4,9 promillegacha) viloyatlarida va Toshkent shahrida (6,9 promilledan 6,8 promillegacha) qayd etildi.

Ro‘yxatga olingan jami o‘lganlarning 59,6 foizi qon aylanish tizimi kasalliklaridan, 9,4 foizi - o‘simtalardan, 6,7 foizi - baxtsiz hodisa, zaharlanish va jarohatlanishlardan, 5,9 foizi - ovqat hazm qilish a’zolari kasalliklaridan, 4,9 foizi - nafas olish a’zolari kasalliklaridan, 1,9 foizi - yuqumli va parazitar kasalliklardan, 11,6 foizi - boshqa kasalliklardan vafot etgan.

O‘tgan yil mobaynida 7,7 mingta 1 yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘limi qayd etildi va go‘daklar o‘limi koeffitsiyenti 10,5 promilleni tashkil etdi.

Ro‘yxatga olingan 1 yoshgacha o‘lgan jami bolalarning 56,7 foizi perinatal davrda yuzaga keladigan holatlardan, 22,4 foizi - nafas olish a’zolari kasalliklaridan, 9,8 foizi - tug‘ma anomaliyalardan, 3,1 foizi - yuqumli va parazitar kasalliklardan, 1,9 foizi - baxtsiz hodisa, zaharlanish va jarohatlanishlardan, 0,6 foizi - ovqat hazm qilish a’zolari kasalliklaridan, 5,5 foizi - boshqa kasalliklardan vafot etgan.