Kun.Uz'ning yozishicha, Xalq ta’lim vazirligi tashabbusi bilan bu yil ilk marotaba o‘quvchilarning ta’tilini mazmunli tashkil etish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar ishalb chiqildi. Unga ko‘ra, 9402 ta muassasada:
- umumta’lim maktablarida sog‘lomlashtirish maydonchalari;
- bolalar-o‘smirlar sport maktablarida sport seksiyalari;
- “Barkamol avlod” bolalar markazlarida turli to‘garaklar;
- bolalar musiqa va san’at maktablarida musiqa saboqlari;
- tuman (shahar) axborot-resurs markazlarida kitobxonlik tadbirlari tashkil etiladi.
Jami 1064 ta oromgohda 292 676 nafar o‘quvchi dam oladi. 213 ta statsionar oromgohda 153 861 nafar, 851 ta kunduzgi oromgohda 138 815 nafar, “Mehribonlik uylari”ning 1040 nafar tarbiyalanuvchisi vazirlik tasarrufidagi “Mehribonlik-sog‘lomlashtirish” oromgohida dam oladi. Qolaversa, shu yilning iyun-avgust oylarida Respublika bo‘ylab sportning 12 turi bo‘yicha “Yoz-2016” sport musobaqalari o‘tkaziladi.