Shuningdek, o‘tgan yilda 14 382 ta egizaklar tug‘ilib, ular umumiy tug‘ilish sonining 1,9 %ni tashkil etgan. 138 ta oilada 3 nafar egizak, Shahrixon shahrida 4 nafar egizak dunyoga kelgan.
Respublika miqyosida eng ko‘p tug‘ilish Samarqand viloyatida bo‘lib, tug‘ilishlar soni 89 637 ta qayd etildi.
Bundan tashqari 2017 yilda, vazni 9,870 gramm bo‘lgan qiz bola va bo‘yi 70 sm bo‘lgan bir nafar o‘g‘il bola tug‘ilgan.
Ta’kidlash kerakki, keyingi yillarda kuzatilmayotgan ko‘p bolali onalar ruyxati yangilandi. Jumladan, G‘allaorol tumanida ona o‘zining 9-farzandini dunyoga keltirdi.
Adliya vazirligi e’lon qilgan raqamlarga ko‘ra, ortda qolgan yilda eng mashhur ismlar Azizbek va Madina bo‘lganligi aytilmoqda. Ulardan, 5 674 ta o‘g‘il bola va 5 678 ta qiz bolaga yuqoridagi ismlar bilan nomlanishgan.