O‘zbekiston Prezidentining 2016 yil 27 dekabrdagi PP-2699-sonli qaroriga muvofiq, ota-onalarning Davlat byudjeti hisobidan moliyalashtiriladigan maktabgacha ta’lim muassasalariga (MTM) 2017 yil uchun kiritadigan to‘lov hajmi tasdiqlandi. Bu haqida Norma.uz'da ma’lum qilindi, deb yozadi Kun.uz.
To‘lov hajmi ta’lim muassasasining joylashgan manzili va ishlash tartibi ( 5 yoki 6 kunlik) hamda bolalarning bog‘achaga kelish vaqti, shuningdek mazkur muassasaga qatnovchi bir oilaning farzandlari soni kabi omillardan kelib chiqib belgilanadi.
Shuni ta’kidlash joizki, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida joylashgan maktabgacha ta’lim muassasalaridagi to‘lovlar tasdiqlangan narxlardan ikki barobar past.