Mamlakatimizdagi 9692ta maktabdagi saboqlar “Xotira darslari” bilan boshlandi. Unda O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning hayoti va faoliyati, Mustaqil O‘zbekiston tarixida tutgan o‘rni haqida so‘z bordi.
Joriy yilda mamlakatimiz bo‘ylab 640 ming nafar o‘g‘il-qiz maktabning 1-sinfiga qabul qilindi. An’anaga ko‘ra, ularga “Prezident sovg‘asi” topshirildi.
O‘tgan 10 yil davomida 5 million 395 ming 139 nafar bolajonlar “Prezident sovg‘a”lari qabul qilib olganlar. Bu yil ham, Prezident nomidan maktabga ilk bor qadam qo‘ygan o‘quvchilarga “Prezident sovg‘asi” sifatida taqdim etish uchun 12 nomdagi o‘quv qurollari va o‘quvchi sumkasidan iborat sovg‘alar tayyorlanib, ta’lim muassasalariga yetkazib berildi. Bu haqda Qalampir.uz yozmoqda.