Maktab o‘quvchisi uchun to‘g‘ri nonushtaning asosiy qoidasi — u iliq bo‘lishi kerak. Iliq ovqat yaxshiroq hazm bo‘ladi, butun organizmni isitishga yordam beradi, hamma a’zolar faoliyatini ishga tushiradi.
Shuningdek, nonushtaning tarkibida glyukoza, kletchatka, oqsil, kalsiy bo‘lishini ta’minlashga harakat qiling.
Glyukoza — bu aql uchun ozuqa bo‘lib, u aqliy faoliyat uchun zarur. Lekin eng yaxshisi ratsionga shakarni kamroq, olma, nok, uzum, rezavor mevalar va quruq mevalarni esa ko‘proq qo‘shish kerak.
B guruh vitaminlari bolada xotira, diqqatni to‘play olish va stresslarga chidamlilik yaxshi shakllanishi uchun kerak. Ya’ni, ovqatning tarkibida albatta yormalar, dukkaklilar va yong‘oqlar bo‘lishi shart.
Oqsil, shu jumladan o‘simlik oqsili immunitet uchun kerak.
Kalsiy yaxshi kayfiyatni va o‘sayotgan organizmda suyaklar mustahkamligini ta’minlaydi.
Endi bu foydali moddalarning hammasini bolaga qanday yetkazishni o‘ylashimiz kerak.
Ovqatlanish bo‘yicha ekspertlar 3 asosiy taomlarni tavsiya qiladi.
- Bo‘tqa
- Grechka — yormalarning eng foydalisi hisoblanadi, chunki uning tarkibida foydali moddalar juda ko‘p.
- Suli — tarkibida ko‘p miqdorda vitaminlar mavjud. Bo‘tqaning kichkina porsiyasida B guruh vitaminlari va P vitaminining sutkalik normasi bor.
- Guruch — tarkibida kalsiy, kaliy, fosfor, magniy elementlari mavjud.
- Makkajo‘xori bo‘tqasi — yurak va tishlar uchun foydali, organizmdan toksinlar va ortiqcha xolesterinlarni chiqarishga yordam beradi.
- Quymoq
Mutaxassislar quymoqni nonushta uchun yagona shart bilan juda muvofiq deb hisoblaydi: uni bolaga bir haftada ikki martadan ortiq bermaslik lozim. Chunki tuxumning bolalar uchun me’yori — bir haftada uch donadan oshmasligi kerak.
Quymoqqa kolbasa emas, balki sabzavotlar qo‘shish tavsiya qilinadi. Kletchatka ancha og‘ir ovqatlarni ham hazm qilishga yordam beradi.
- Blinlar
Blinlarning shunisi yaxshiki, ularni hamma bolalar yaxshi ko‘radi. Nachinka sifatida — olma, tovuq, sabzavotlar ishlatish mumkin.
Manba: Daryo.uz