Sputniknews-uz.com'ning xabariga ko‘ra, yozgi ta’til kunlarida Toshkentdagi AQSh elchixonasi Bolalar filmlari Yozgi festivalini o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Festival dasturidan bolalar uchun mo‘ljallangan ingliz tilidagi amerika filmlari o‘rin oladi, deb xabar berilmoqda elchixonaning Facebook'dagi rasmiy sahifasida.
Ilk namoyish 2016 yil 1 iyul kuni soat 11.00da bo‘lib o‘tadi. Unda jajji tomoshabinlar e’tiboriga "Nemoni qidirib" multfilmi havola qilinadi. Keyingi namoyishlar 8, 15 va 22 iyul kunlari xuddi shu vaqtda bo‘lib o‘tadi. Keyingi namoyishlarda qanday kartinalar namoyish etilishi hozircha aytilmayapti.
Festival Toshkentdagi AQSh elchixonasida o‘tkaziladi. Namoyishga 7dan 14 yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘z hamrohlari bilan tashrif buyurishlari mumkin.