Josep James balog‘atga etmagan amerikalik eng birinchi xaker. U kiberjinoyati uchun sudlangan. Josep James 1999 yilda, ya’ni 15 yoshida o‘z maktabining kompyuter sistemasini buzgan, keyin esa Bell South kompaniyasining tizimiga ruxsatsiz "tashrif" buyurgan.
Ishtahasi ochilgan xaker AQSh Mudofaa vazirligini serveriga yo‘l oldi. Bu erda u davlat muassasalari xodimlarining uch mingdan ziyod elektron pochta xabarlarini olgan. Bundan tashqari u NASA serverini buzgan va Xalqaro kosmik stansiyadagi hayotni qo‘llab-quvvatlash tizimlarini boshqarishga mo‘ljallangan dasturiy ta’minotni qo‘lga kiritgan.