Bangladeshning Bulbariya qishlog‘ida istiqomat qiluvchi juftlik oilasida projeriya xastaligi bilan kasallangan chaqaloq dunyoga keldi.
Bulbariya qishlog‘idagi kambag‘al fermer Bisvajit Patroning rafiqasi Parul Patro dunyoga keltirgan chaqaloq keksa chollar kabi tashqi ko‘rinishga ega. Shifokorlarning ta’kidlashicha, bu bola boshqalarga qaraganda vaqt o‘tishidan 8 marta tezroq ta’sirlanadi.
Shunday bo‘lsa-da, chaqaloqning onasi oilaning boshqa a’zolari kabi xursandligini bildirgan. Bisvajit esa, ikkinchi farzandi o‘ziga o‘xshagani xususida berilgan savolga ham fikr bildirgan.
“Bizning birinchi farzandimiz - Aparna onasiga o‘xshagan. Ammo, bu bolam menga tortdi. Men baxtiyorman”, - deya uning so‘zlarini keltiradi India Today nashri.
Lekin, masalaning tibbiy tomoni ham bor. Ma’lumotlarga ko‘ra, projeriya xastaligidan aziyat chekuvchi bolalar aksariyat hollarda yoshligidayoq vafot etishadi.
“Bola otasi kabi keksa ko‘rinadi. Shunga ko‘ra, chaqaloq uzoq umr ko‘rishidan umidvorman”, - degan chaqaloqning tog‘asi.
Shifokorlar o‘z navbatida bola va onasining ahvoli yaxshi ekanini aytishmoqda.