Bilasizmi?

Bir multfilm uchun 8 ta “Oskar” olgan ijodkorning panada qolgan sirlari

Uolt Disney “Oskar” mukofotini qo‘lga kiritish bo‘yicha rekordchi (25 ta hayotiylik vaqtida, 1 ta o‘limidan so‘ng), 111ta film rejissyori, jahon multiplikatsiya klassikasi asoschisi, shuningdek, The Walt Disney Company mediakonglomerati tamal toshini tashlagan inson hisoblanadi. Ammo barcha ham mana shu faktlar ortida yashiringan tarixni bilavermaydi. Bugun uning tug‘ilganiga 115 yil bo‘ldi.

Uoltda rassomchilikka nisbatan muhabbat olis bolalik vaqtlariga to‘g‘ri kelsa-da, ammo u darrov o‘z e’tiborini multiplikatsiyaga qaratmadi. U 16 yoshida o‘qishni tashladi va armiya safiga borib qo‘shilishni istadi. Ammo uni armiyaga qabul qilishmadi va u Birinchi jahon urishi davrida Fransiyada bo‘ldi, Xalqaro Qizil Xoch tashkilotida avtomobil haydovchisi bo‘lib ishladi. Shundan so‘ng The Kansas City Star gazetasida illyustrator sifatida faoliyat yuritdi. U kinoagentliklar uchun reklama roliklari chizib berar edi. 1921-23 yillarda faoliyat ko‘rsatgan o‘zining ilk ishi Laugh-O-Gram animatsiya studiyasini ochdi. O‘shanda Disney karikaturachi Ab Ayverks bilan tanishdi.

Disney 1923 yilda akasi Roy bilan Los-Anjelesga jo‘naydi va u yerda Disney Brothers studiyasini ochadi. O‘shanda ilk Mikki Maus dunyo yuzini ko‘radi. Aynan u Disneyga birinchi “Oskar”ni olib keladi (1932). Personaj ilk marta ekranga “Telba aeroplan” qisqametrajli kartinasida paydo bo‘ladi (Plane Crazy, 1928 god).

https://www.youtube.com/watch?v=kCZPzHg0h80

1946 yilda Mikki Mausga Disneyning o‘zi ovoz bergan, deb hisoblashadi. Personajning avvalgi versiyasida u qo‘lqopsiz tasvirlangan. Uning nomi esa Mortimer Maus bo‘lgan. Kunlardan birida Disneyning rafiqasi Lillian Baunds turmush o‘rtog‘iga bu nom bir sichqon uchun juda jarangli eshitilar ekan, deb qochirim gap qilganidan so‘ng, sichqonning nomi o‘zgartirilgan.

Disney kompaniyasi ramziga aylangan qasr surati ko‘chirilgan bo‘lib, haqiqiy qasrning o‘zi XIX asrga taalluqli va u Bavariyaning (Germaniya) janubi-g‘arbida joylashgan. Nomi Noyshvanshtayn (Neuschwanstein).

Disney o‘zining qisqametrajli filmlari uchun 1933 yildan to 1940 yilga qadar sakkiz marta “Oskar” mukofotini qo‘lga kiritdi.

https://www.youtube.com/watch?v=CWEzHE7wn7U

"Oppog‘oy va yetti gnom" (1937) studiyaning ilk to‘liqmetrajli filmi bo‘ldi. Buning uchun Disney sakkizta "Oskar"ni: bittasi to‘liqmetrajli film uchun va yettita ramziy ma’no uchun (gnomlarning hisobida) taqdim etishdi.

1940 yilda "Oskar"ni kino sana’tida ovoz sifatining yaxshilanishiga xizmat qilgani uchun "Fantaziya" mulfilmi qo‘lga kiritadi.

Disneyning ayrim “g‘alati” ishlari ham "Oskara"ga munosib ko‘rilgan. Bularga "Fyurerning yuzi" (Der Fuehrer’s Face, 1942) va "Tyulenlar oroli" (Seal Island, 1948) hujjatli filmlari yorqin misol bo‘la oladi.

https://www.youtube.com/watch?v=yIjgugNQMnU

Uning ayrim ishlari vafotidan 10 yil o‘tib, katta ekranlarda paydo bo‘ldi (1966). Multiplikatorning jiyani Roy Edvard Disney yordamida Destino ("Taqdir", 2003) kartinasi namoyish etildi. Bu Disney va Salvador Dalining hamkorlikdagi ishi edi.

Manba: Kun.uz