Bolaning nutqi 1 yoshdan so‘ng ham bisqichma-bosqich rivojlanadi. Har bir bosqichning o‘ziga yarasha yutug‘i mavjud.
1 yosh 3 oy
Bola 6 taga yaqin so‘zni biladi. Oddiy talablarni tushuna oladi, tanish so‘zlarni rasmda ko‘rsata oladi.
1 yosh 6 oy
Badanining 1-2 qismini ayta oladi, 7-20 tagacha so‘zni biladi.
1 yosh 9 oy
Badanining 3-4 qismini aytadi. 20 ta so‘zni biladi. Ikki so‘zdan iborat bo‘lgan iboralarni qo‘llaydi ("choy ber", "ada keldi")
2 yosh
Bu yoshda bola badanining 5 qismini ayta oladi. 50 ga yaqin so‘zni biladi. Ikki bosqichli iboralarni tushunadi ("Oshxonaga borib", "sochiq olib kel"). "Men", "Sen", "U" kabi so‘zlarni tushunadi. Iboralari ikki so‘zdan iborat. p, b, m, f, v, t, d, n, k, g, h harflarni ayta oladi. s, z, sh, j, ch,r, l harflarni odatda qoldirib ketadi.
2 yosh 6 oy
Sonlarni tushuna boshlaydi. "Nima?", "Qayerda?" savollarni tushunadi. s,z,l harflarini ayta oladi.
3 yosh
Bolaning so‘z boyligi 250-700 gacha. Iboralari bir nechta so‘zdan iborat. Ko‘plikni biladi. "Chunki", "Agar", "Qachon" so‘zlarini ishlata oladi. Qiyin talablarni tushunadi ("Piyolani ichiga qoshiq solib qo‘y"). Yengil ertaklarni eshitib, tushunadi.
4 yosh
"Qancha", "O‘rniga", "Keyin", "Qayerga" kabi so‘zlarni iboralarda ishlata oladi. So‘z boyligi 1500-2000 gacha. "Bolalarcha" harflarni yumshatib gapirishi yo‘qoladi.
5 yosh
Bolaning so‘z boyligi 2500-3000 ga yetadi. Tildagi barcha harflarni bemalol ayta oladi. Qiyin iboralarni qo‘llab, o‘z fikrini, istagini ifodalay oladi. So‘zdagi harflar tartibini almashtirmay gapiradi.
5 yoshdan 7 yoshgacha
7 yoshga kelib bola so‘z boyligi 3500 ga yaqin bo‘ladi. Bunda ta’surotli so‘zlar soni ko‘payadi. Bolada tilga e’tibori oshadi. Atrof-muhitni so‘z bilan baholay olish qobiliyati bo‘ladi. Bolaning psixologik holati maktabga tayyorlanadi.