- Shifokorlar bolani ikki yoshgacha emizish kalsiy yetishmovchiligining oldini oladi deyishadi. Emizikli bolalar mutaxassis ko‘rsatmasi bilan D vitaminini profilaktika sifatida qabul qilishlari mumkin.
- Kalsiy sut mahsulotlari, xususan, qatiq, tvorog, pishloq, brinzada bisyor. Farzandingizning yoshiga moslab, ushbu mahsulotlarni kerakli miqdorda va tartib bilan bering.
- Imkon qadar ko‘proq sabzavot va mevalarga ixtiyor bering. Karam, bodring, olma juda foydali.
- Haftada bir marta baliqli kun tashkillashtiring. Bolalarga asosan suyaksiz (file) va yog‘siz baliqlar tavsiya etiladi.
- Miqdorini oshirmagan holda va bolaning yoshiga moslab, qaynatilgan tuxum sarig‘ini berishingiz mumkin. Kichik yoshdagi bolakaylarga qaynatilgan tuxumni sanchqida ezg‘ilab yedirgan ma’qul.
- Ob-havoga qarab, farzandingiz bilan ertalabki quyosh nurida sayr qiling. Bu ham kalsiy profilaktikasi hisoblanadi.
- Jismoniy mashqlar, suzish, yugurishga jalb eting. Yevropalik olimlar «kenguru» kabi sakrash usulini tavsiya etishadi. Ma’lum bo‘lishicha, mazkur holatda bola butun tanasi bilan harakatlanganda ham jismoniy, ham aqliy faolligi ortar ekan.
Manba: Darakchi.uz