Bilasizmi?

Bola quyoshda kuyib qolsa, nima qilish kerak?

Yoz kunlari bolani quyosh nurlari ostida uzoq vaqt mobaynida bo‘lishidan asrash kerak. Kunning 11:00 dan 16:00 gacha quyosh nurlari bola teri va organizmi uchun eng zararli payt hisoblanadi.

Kuni bilan yaxshi o‘ynab yurgan bola kechka yaqin sulayib, boshi og‘rib hatto tana harorati oshganligi ba’zida quyosh nurlarida kuyganligidan dalolat berishi mumkin. Quyoshda kuygan bolaning teri achishi, qichishi va qizarishi mumkin.  Quyida bola quyoshda kuyib qolsa, nima qilish kerakligi haqida maslalahtlar keltirilgan:

- Bolani salqin (sovuq emas!) suvda chayib oling;

- Terining kuygan joylariga aloye gel suring (bunday gellar deyarli barcha apteka va kosmetika magazinlarida sotuvda bo‘ladi);

- Bolaning tana harorati oshgan bo‘lsa, atsetomenofen yoki boshqa uning yoshiga mos istma tushiruvchi vositasini ichiring;

- Bolaga ko‘p suyuqlik bering.

Yoz kunlarida bolaning teriga SPF ko‘rsatkichi kamida 30ga ega bo‘lgan krem surib ko‘chaga chiqarish kerak! Undan tashqari ko‘cha(plyaj, dala)da bosh kiyim va imkon qadar yengi uzun yengil yozgi kiyimlar ham bola terisini qo‘shimcha ravishda kuyosh nurlaridan saqlab turadi.

Maqola yoqqan bo‘lsa, do‘stlaringiz bilan bo‘lishing!

Manba: Uzbaby.uz