Sistit siydik pufagi, siydik yo‘llarining yallig‘lanishidir. Bolalarda sistitning boshi bilinmay o‘tkir holatga o‘tib ketishi mumkin.
Sistining dastlabki alomatlaridan biri bu bolaning tursigida fasod (suyuqlik) mavjudligidir.
Undan tashqari sistitning quyidagi alomatlari mavjud:
- Tez-tez siydik qistashi;
- Siyish jarayonida qattiq achishi;
- Siydikning rangi sof bo‘lmay, o‘tkir hidga egaligi;
- Qorin pastki qismidagi og‘riqlar;
- Siydikning ozgina miqdori tursida qolishi.
Agar bolada sistit alomatlari kuzatilsa shifoxonaga borish shart. Chunki sistit alomatlari orqasida o‘tkir kasalliklar bo‘lishi ham mumkin. Shifoxonada odatda siydik analizi olinadi va siydik pufagi Ultra tovushli diagnostikasi qilinadi.
Siydik analizini qilishdan oldin albatta bolani jinsiy a’zolarini yuvish shart.
Agar sistit alomatlari bilan bir qatorda istma ko‘tarilishi kuzatilsa, bakteriya buyrakka o‘tib ketganidan va buni darhol davolash kerakligidan dalolat beradi.
Bolalar sistiti sababi:
- 80% da bollarda sistit tozalikka riyoya qilmaganlikdan kelib chiqadi;
- Gijjalar;
- Organizmda doimiy ravishda infeksiyaning mavjudligi (tonzillit, angina, gaymorit, kariyes va hokazo);
- Tashqi jinsiy a’zolarning yallig‘lanishi.
Bolalar sistitini davolsh:
- Birinchi bo‘lib bolaning oyoqlarini va qornini issiq qilish lozim. Buning uchun issiq yungli paypoq kiyg‘azib, qoringa dazmolda isitilgan yungli ro‘molni qo‘yib yotqazish.
- Shifokor belgilagan dorilarni ichish.
- Siydik yuvuvchi suyuqlikdan tez-tez ichish (o‘t damlamalari ham foydali).
- Vitamin S ga boy mahsulotlarni iste’mol qilish (klyukva sharbati).
- Romashka guli damlamali vannada bolani 10-15 daqiqa davomida o‘tqazish. Vannadagi suv harorati 36-38 darajadan yuqori va past bo‘lmasligi kerak.
- Odatda bolada sistit 7-10 kunda o‘tib ketadi. Muhimi og‘riq tugasa ham shifokor belgilagan muddatgacha dori ichish shart, aks holda kasallik yana qaytariladi.
Eng yomoni, sistit buyrakka o‘tib ketsa, u holda piyelonefrit kasalligi yuzaga kelib, bolaning buyraklariga katta zarar keltiradi.
Bolalar sistitini oldini olish:
- Har kuni bolani dushda chayish. Jinsiy a’zolarini maxsus neytral bolalar sovunida yuvish;
- Har kuni bola ichki kiyimini almashtirish;
- Bolada gijja bo‘lmasligini ta’minlash;
- Bolani tishlarini kuzatish (kariyes ham infeksiya);
- Bolani chiniqtirish.