Tarbiya

Bolaga «yo‘q» deyishni o‘rganamiz

Ertami-kechmi hamma ota-onalar «yo‘q» deyish zarur bo‘ladigan vaziyatga tushib qoladi: masalan, bolani asrash uchun rozetkaga qo‘lini tiqishda yoki muzqaymoqning uchinchi porsiyasini talab qilganida. Bola tushunishi va quloq solishi uchun bu so‘zni qanday tarzda aytish kerak?

Rad qilishning bir necha qoidalari:

  • «Yo‘q» kam aytilishi kerak. «Yo‘q» so‘zi odat tusiga kirmagan va o‘ziga xos bo‘lishi kerak. Siz bu so‘zni aytganingizda bolaning e’tibori unga qaratilsin. Agar siz har doim «yo‘q» deyaversangiz, bola uni sezmaydi va e’tibor ham bermaydi.
  • Bolaga aytilgan «yo‘q»ni bekor qilib bo‘lmaydi. Bolaga har gal «yo‘q» deyotganingizda o‘zingizga katta mas’uliyat yuklanayotganini esingizdan chiqarmang.
  • Agar siz bolangizga «yo‘q» deyishga qaror qilsangiz, katta ishga tayyor bo‘ling. Bu ish bolaning darrov bu taqiqqa qarshilik ko‘rsatishidan boshlanadi. Bu yerda u bilan kurashib o‘tirmasdan, xotirjamlik bilan o‘z so‘zingizda turib olishingiz juda muhim.
  • Agar bolangizning tushunishga qodir ekanligiga ishonsangiz, unga «yo‘q» deyishingizning sababini tushuntiring.
  • «Yo‘q» — bu har doim xolis aytiladigan so‘z. Agar bu so‘zni darg‘azab ohangda aytsangiz, bola meni yaxshi ko‘rmaydi deb o‘ylaydi. Agar siz uni kulib turib aytsangiz, bola men bilan o‘ynayapti deb o‘ylaydi. Bolaga biron narsani taqiqlash kerak deb hisoblasangiz, bu so‘zni xotirjam va ishonch bilan gapiring, u ham bunga xotirjamlik bilan munosabatda bo‘ladi.

Manba: Daryo.uz